Marhum öz janoza marosimidan söng oradan 7 soat ötib uyiga qaytdi

Marhum öz janoza marosimidan söng oradan 7 soat ötib uyiga qaytdi

Indoneziyaning Şarqiy Yava provintsiyasida istiqomat qilib kelgan Sunarto ismli şaxs yöl-transport hodisasida halok bölgani eʼlon qilingan va kömiş marosimlari ötkazilgan edi. Ammo marosimlar yakuniga yetgandan söng Sunarto öz uyiga qaytib keldi.

Gap şundaki, mototsiklda uçralgan YTHda halok bölgan şaxsning jasadi tanib bölmas darajaga kelib qolgan edi. Uning yonida hujjatlari ham bölmagan va politsiya marhumning şaxsini mototsiklga qarab aniqlagan. Mototsikl 40 yoşli Sunartoga tegişli edi va jasadni aynan uning qarindoşlari kömişgan.

«Hatto jasadni yuviş vaqtida ham qarindoşlari uni boşqa odam ekanini ayti olişmadi», — deydi hudud politsiya boşqarmasi boşliği Ali Kanta.

Kömiş marosimi yakuniga yetgandan söng oradan 7 soat ötib Sunarto uyiga qaytib keldi. Uning aytişiça, «vafoti» haqida işxonasidagi hamkasblaridan eşitgan. Sunarto quriliş kompaniyasida işlaydi va uç oy muqaddam pulga ehtiyoj sezib, Variim ismli tanişidan qarz olgan. Garov sifatida mototsiklini qoldirgan. Aftidan aynan Variim yöl-transport halokatida vafot etgan edi.

Variimning qarindoşlari bu haqda eşitgandan söng kömiş marosimini qayta ötkazişmadi va qabr ustidagi yozuvni almaştiriş bilan kifoyalanişdi.

manba: Xabar.Uz

×