Kattaqörğonda bedarak yöqolgan qiz Navoiy viloyatidan topildi

Kattaqörğonda bedarak yöqolgan qiz Navoiy viloyatidan topildi

2021 yilning 10 yanvar kuni Kattaqörğon şahar "Örikzor" MFY da yaşovçi, 2004 yilda tuğilgan Ergaşeva Pokiza Jamşid qizining uyidan çiqib ketib, bedarak yöqolganligi töğrisida xabar bergan edik.

Samarqand viloyati Içki işlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Ergaşeva Pokiza Navoiy viloyati hududidan topilib, uyiga qaytarildi.

Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi qidiruv tadbirlariga öz xissalarini qöşgan barça fuqarolar, şuningdek, ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlarga minnatdorçilik bildiradi.

Bu haqida Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

×