Joriy yilning 13 iyul kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumaniga sel kelişi oqibatida rasman 8 kişi halok bölgan edi. Halok bölganlarning barçasi Namangan şahridan. Ularning eng kattasi 48, eng kiçigi esa 6 yoş edi va 7 yoşli bola bedarak yöqolgandi.
Favqulodda vaziyatlar xizmatining maʼlum qilişiça, olib borilgan qidiruv-qutqaruv işlari natijasida bugun, 17 iyul kuni erta tongda 2014 yilda tuğilgan, 7 yoşli bolaning jasadi Kosonsoy soyining “Tagijar” MFY hududidan oqib ötuvçi qismidan topilgan. Taʼkidlab ötiş joiz, 14 iyul kuni tongda Muhammadyusuf Rustamovning ukasi 6 yoşli Abubakr Rustamov yerga qöyilgan edi.

“13 iyul kuni tongda Kosonsoyga oilamiz ayollarini dam olgani olib çiqqandik. Soat 11.00 lar çamasida öğillarim — Muhammadyusuf va Abubakrni ham özim bilan birga olib bordim. Tuşlik qilib bölganimizdan söng ular soyga, suv böyiga tuşib ketişdi. Biroz ötgan söng öşa tomonda qiy-çuv, töpolon bölib ketdi.
Odamlarni sel oqizib ketdi, deyişdi. Keyin bilsam, ular orasida öğillarim ham bor ekan. Abubakrni bugun dafn etib keldik. Muhammadyusufni qidiryapmiz, hali topilganiça yöq. Bu oilamiz, qarindoş-uruğlarimiz uçun juda katta musibat böldi, çunki halok bölgan va kasalxonalarga murojaat etganlarning aksariyati bizning yaqinlarimiz”, deydi Namangan şahrida istiqomat qiluvçi 30 yoşli hunarmand Azimjon Ahmadjonov.
Eslatib ötamiz, sel oqimlari 13 iyul kuni 13:20larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani hududidan oqib ötuvçi “Kosonsoy” soyiga 60 metr.kub hajmda sel suvlari oqib kelgan.
Uning natijasida Kosonsoy tumani “Mahmudiy Aʼzam” MFY hududidan oqib ötuvçi “Kosonsoy” soyi qirğoğida joylaşgan, uşbu tumanda yaşovçi fuqaroga tegişli bölgan, dam oliş maskanida dam olayotgan va soyga çömiliş uçun tuşgan fuqarolarni sel suvlari oqizib ketgan. Natijada 8 nafar fuqaro halok bölgan, 6 nafar fuqaro qutqarib qolingan. 1 nafar bedarak yöqolgan fuqaro qidirilayotgan edi.









