Namangan şahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik istirohat boği hududida mahobatli jomeʼ masjidi qad kötarmoqda. Uning maydoni 20 ming metr kvadratni taşkil etadi. Honaqoh içida 3500, atrofidagi oçiq namozgohlarni qöşib hisoblaganda jami ön mingdan ziyod inson ibodat qila oladi. Bugungi kunda qurilişi işlari 70 foiz yakunlangan.
195 gektarlik maydonni qamrab olgan park bir kunda 15 mingdan ortiq mehmonga xizmat körsatadi. Avtoturargoh 1300 ta avtomobilni qabul qila oladi.


“Afsonalar vodiysi” tematik parki va attraktsionlar 110 ming metr kvadrat hududni egallagan bölib, 16 turdagi zamonaviy attraktsionlar va virtual öyinlar xonasi, akvaparkda esa 16 ta basseyn xamda 7 turdagi suv attraktsionlari mehmonlarga xizmat körsatmoqda.
Savdo-sayilgoh köçasida kafe, restoranlar, texnika, kiyim-poyafzal, erkak-ayollar salonlari, parfimeriya, bijuteriya, suvenir, öyinçoqlar va boşqa jami 112 dona dökonlar mavjud.
Restoranlarda bir vaqtning özida 800 ta mijozga xizmat körsatilmoqda.
2400 örinli Amfiteatrda viloyatning turli köngil-oçar tadbirlari ötkazilib kelinmoqda. Osiyoda yagona bölişi taʼkidlanayotgan köl örtasida 140 (70x20) m2 musiqali favvora, 3 dona yumaloq xamda 1 dona ikki yelkanlik kema şaklidagi musiqali favvoralar közni quvontiradi .
Köl atrofiga manzarali daraxtlar ekilgan xamda axoli xordiq çiqarişi uçun örindiqlar örnatilgan.
Istirohat boği yaşil hududiga 50 turdan ziyod jami 11 ming dona turli manzarali daraxtlar ötqazilgan.









