Namangandagi 44 ming kambağal oila kasbga yönaltiriladi

Namangandagi 44 ming kambağal oila kasbga yönaltiriladi

Bugungi kunda Namangan viloyatida 55 ming işsiz aholi, 44 ming kambağal oila bor. Ularni kasbga yönaltirib, iş topişiga kömaklaşiş, öz uyida daromad manbai yaratiş vazifasi qöyildi. Bu haqda bugun, 7 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatidagi islohotlar natijadorligi, hududlardagi işlarning borişi va loyihalar ijrosi yuzasidan hisobot bilan tanişişi çoğida maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, davlat rahbarining 2024 yil 2 dekabrdagi qarori bilan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari belgilanib, katta marra olingan. Jumladan, bu yil 4,2 milliard dollar investitsiya jalb etiş, 1 milliard dollar eksport qiliş, 323 ming iş örni yaratiş, 55 ming oilani kambağallikdan çiqariş rejalaştirilgan.

Bunda eng katta zamin – kiçik biznes va tadbirkorlik. Namanganda mehnatga layoqatli aholini 82 foizi şu sohada rözğor tebratayapti.

Yil boşidan beri viloyatga qariyb 1 milliard 600 million dollar investitsiya kiritilgan. Lekin buning katta qismi Namangan şahri va markaziy tumanlarga töğri kelib, Mingbuloq, Norin, Uyçi va Çortoqda ham sarmoyalarni köpaytiriş kerak. Eksportda ham mahsulotlar turini kengaytiriş va çekka tumanlar salohiyatini oşiriş zarur.

Viloyatda qişloq xöjaligida ham möl hosil yetiştirilmoqda. Birgina Yangiqörğonda gektaridan daromad 20 ming dollardan yuqori.

Şu kabi imkoniyatlarni töliq işga soliş uçun Prezident taşabbusi bilan hududlar maʼmuriy va iqtisodiy jihatdan isloh qilinmoqda. Namangan viloyatida ham mutaxassislar, ilğor tadbirkorlar va xorijiy ekspertlardan iborat “Islohotlar ştabi” iş boşlagan. Ular birgalikda izlangani uçun yana 1 milliard dollarlik loyihalar şakllangan.

Yiğilişda mutasaddilar ana şu yangi imkoniyatlarni taqdimot qilgan. Qayd etilişiça, ularning natijasida jami 12 ming iş örni, byudjetga qöşimça 200 milliard söm tuşum, 160 million dollar eksport manbai paydo böladi.

“Masalan, Norin tumanida aholi xonadonlarida intensiv usulda baliq yetiştiriş, Mingbuloqda ördakçilikni rivojlantiriş közda tutilmoqda. Ular oziq-ovqat mahsulotlari mölligini taʼminlaşi va köplab iş örinlari yaratişi bilan ahamiyatli. Davlat rahbari bu tajribani boşqa hududlarda ham tatbiq etiş zarurligini taʼkidladi”, deyiladi xabarda.

Bugungi kunda viloyatda 55 ming işsiz aholi, 44 ming kambağal oila bor. Ularni kasbga yönaltirib, iş topişiga kömaklaşiş, öz uyida daromad manbai yaratiş vazifasi qöyildi. Ijtimoiy muhitni mustahkamlaş, mahallalarni jinoyatçilikdan xoli hududga aylantiriş böyiça körsatmalar berildi.


×