Insoniyat uçun eng dahşatli 10 ta xavf yoxud odamzod aqlga siğdira olmaydigan kelajak xatarlari...

Insoniyat uçun eng dahşatli 10 ta xavf yoxud odamzod aqlga siğdira olmaydigan kelajak xatarlari...

2002 yilning fevral oyida bir jurnalist AQŞ Mudofaa kotibi Donald Ramsfelddan “Iroq hukumati terroristik guruhlarga ommaviy qirğin qurollarini yetkazib berganligi töğrisida dalillar yöqligi” haqida söraganida: “Biz bilgan maʼlum narsalar bor. Nomaʼlumlari ham bor. Biz ularni bilmasligimizni bilamiz. Ammo şunday nomaʼlum narsalar ham bor – biz ularni bilmasligimizni ham bilmaymiz” degan edi.

Oradan qariyb yigirma yil ötgan bölsa-da, noaniqlikka asoslangan bu tuşunça bizning kundalik hayotimizda hamon mavjud. Qaror qabul qilayotganda biz ham tavakkalga duç kelamiz.

Oksford universitetining Insoniyat kelajagi gumanitar instituti maʼlumotlariga köra, xavf uçta mezonga köra aniqlanadi: ularning qamrov darajasi (taʼsir körsatadigan odamlar soni), jiddiyligi (odamlarga qançalik yomon taʼsir körsatişi) va uning ehtimoli. Muammo – biz bilmagan narsada xavfning mavjudligini bilib qolganimizda paydo böladi.

Köplab xalqaro taşkilotlar doimiy ravişda jamiyat va sayyoramiz uçun eng katta xavf nimalar ekanligini aniqlaşga harakat qilişadi. Yilning eng taniqli hisobotlaridan biri – Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlanadigan Global xavflar töğrisidagi hisobotdir.

2019 yilgi sönggi naşrdagi hisobotda eng muhim önta xavflar röyxatidan beştasi atrof-muhit muammolari bilan boğliq. Röyxatdagi boşqa xavflar ikkita texnologik (internet firibgarligi yoki öğrilik va kiberhujumlar), ikkita korporativ (keng kölamli majburiy migratsiya va suv inqirozi) va oxirgisi iqtisodiy (iqtisodiy pufak).

Mavjud bölgan barça favqulodda vaziyatlar va xavflar aniqlangan bölsa-da, xavflar prognozi hanuzgaça tahlil qiliş, tayyorlaş va aks ettirişning past darajasi bilan çeklangan.

Kelajakdagi xavf stsenariylarining eng muhimlari quyidagilardan iborat bölişi mumkin: tizimning ahamiyati va samaradorligini şubha ostiga qöyadigan ijtimoiy nazoratning yangi şakllari (masalan, biometrik nazorat) tufayli demokratiyaning pasayişi; kvant hisoblaş orqali şaxsiy hayot daxlsizligining buzilişi; qişloq va şahar dunyosi örtasidagi ijtimoiy qutblanişning kuçayişi; geoiqtisodiy vosita sifatida oziq-ovqat taʼminotini çeklaş; koinotni boşqariş uçun qarama-qarşiliklar; sunʼiy intellekt orqali faqat bizga yoqadigan maʼlumotlar kiradigan texnikalar tufayli tanqidiy fikrlaşning yetişmasligi.

Ehtimol, biz hozir aqlga siğmaydi deb öylaydigan xatarlar bölişi mumkin kelajakda. Texnologik özgarişlar va ijtimoiy dinamika şunçalik tez surʼatlar bilan rivojlanadiki, jamiyat bu poyezdga çiqa olmaydi va sodir bölayotgan barça narsadan xabardor bölmaydi.

Şuning uçun kelajakdagi xatarlarni faqat mavjud maʼlumotlarga asoslanib loyihalaştirişga harakat qiliş zarur, ammo bu yetarli emas. 1997 yildayoq nemis sotsiologi Niklas Lumann: “Özini özi yuritadigan tizim, faqat öz-özini yönaliş natijalarni beradi: ğoyalarda yangilik yaratmaydi”, degan edi.

Agar xavfning mavjudligi noaniq bölsa va tezlik uning katalizatori bölsa, biz yangi elementlarni emas, balki yangi metodlarni izlaşimiz kerak. Buni qanday qiliş kerak?

Sotsiolog Çarlz Perrou 1984 yilda bir qiziq teoriyani ilgari surgan. Unga köra, tizimlarni aytaylik, bizning xalqaro tartibimizni – juda katta voqealar emas, kutilmagan muvaffaqiyatsizliklarday bölib köringan va bizning nazdimizda ahamiyatsiz bölgan kiçik xatolar yemiradi.

Ularning sodir bölişiga ijozat bersak, tizim ustunlarini körinmas va yaşirin ravişda yorib yuboradigan kaskad effektini yaratadilar. Şunday qilib kalit, katta ehtimolliklar va katta xavflarini tahlil qiliş emas, balki yuqori taʼsirning kiçik tafsilotlarini topişdadir.

Bizning sistemamiz şunçalik murakkabki, biz ularning özaro boğliqliklarida sodir bölayotgan barça narsalarni kuzatiş imkoniyatini yöqotganmiz.

Şunday ekan, xavfni idrok qiliş va uning realligi örtasida aniq farq bor. Aholi köproq yaqqol közga taşlanadigan voqealarga eʼtiborni qaratadi – ularning jiddiylik darajasi kamroq yoki ozroq bölişi mumkin, ammo, insoniyat uçun mavjud bölgan kelajakdagi jiddiy xatarlar orqa fonda qolib ketadi.

Biroq, kelajakdagi xatarlar yetarliça baholanmaganligi aholining aybi yoki javobgarligi emas. Aksinça, masalaning körinişi va işonçli maʼlumotning mavjudligi, jamiyatning uyğonişi va kelajakda nimalar bölişini anglaşni boşlaganiga boğliq.

Buning uçun javobgarlik hukumatlar qölida. Davlat uzoq muddatli istiqbolga ega bölgan boşqaruv tizimini yangilaşi va fuqarolarni şunçaki passiv maʼlumot oluvçi emas, balki şerikka aylantirişi kerak.

Aslida vaqtimizni tejaşga yordam berişi kerak bölgan texnologiyalar, paradoksal ravişda hayotimizni tezlaşayotganini his qilişimizga imkon beradigan hozirgi dunyoda, kutiş siyosatidan köra, reaktsiyaga qarşi idrok va voqelik örtasida özaro köprik quradigan siyosatni ilgari suriş juda muhimdir.

Qisqa qilib aytganda: noaniqlik şaroitida umumiy boşqaruvga ötiş lozim.

Nurbek ALIMOV, 

Xalqaro munosabatlar eksperti

×