Milliarder Alişer Usmonov Hayit bayrami arafasida Namangandagi 5 ming oilaga 12,5 milliard sömlik yordam körsatdi

Milliarder Alişer Usmonov Hayit bayrami arafasida Namangandagi 5 ming oilaga 12,5 milliard sömlik yordam körsatdi

Yirik tadbirkorning qutluğ ayyom oldidan körsatgan saxovatidan viloyatdagi qariyb 5 ming oila bahramand böldi. Jumladan, umumiy summasi 12,5 milliard sömdan iborat moliyaviy kömak bilan Namangan şahridan 3000, Çust tumanidan 1000, Namangan tumanidagi 997 ta xonadon qamrab olindi. Ularning aksariyati örganişlar davomida yakka-yolğiz, boquvçisini yöqotgan, nogironlari bor sifatida tanlab olingan oilalardir.
 

Kömak mablağlari “Özmilliybank” plastik kartalariga ötkazilib, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, sektor vakillari va bank xodimlari tomonidan mazkur oilalarga topşirildi.

Masalan, Namangan tumanida Alişer Usmonov ajratgan mablağ yuklangan plastik kartoçkalarning tumanga tegişli qismi 54 ta mahallada yaşovçi yuqoridagi toifaga tegişli xonadonlar sohiblariga  yetkazildi. Birgina Guldirov mahallasidan 36 oila kömak mablaği bilan moddiy ahvolini yaxşilab oladigan böldi.
 

— Tört farzandim bor, biri nogiron, — deydi Xayrullo Rahmonov. – Hali meva-çevalarimiz töla pişib ulgurmagan “ilik uzildi” pallasida milliarder hamyurtimizning yordami oilamizga ança asqatadigan böldi. Şunday saxovatli insonlar bor ekan, mehr-oqibat, odamgarçilik degan fazilatlar aslo yöqolmaydi.

×