AQŞ “Tolibon” qöliga ötgan Afğonistondan 6 ming kişini olib ketdi

AQŞ “Tolibon” qöliga ötgan Afğonistondan 6 ming kişini olib ketdi

AQŞ Afğoniston hududidan joriy yilning 14 avgustidan beri qariyb 6 ming kişini evakuatsiya qildi. Bu haqda Oq uy vakili jurnalistlarga maʼlum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

Oq uyning maʼlum qilişiça, 17 avgust kunining özida AQŞ önlab C-17 samolyotlarida 1,8 ming kişini evakuatsiya qilgan.

“Joriy yilning 17 avgust kuni keçqurun AQŞ harbiylari 1,8 ming kişini, 14 avgustdan buyon esa deyarli 6 ming kişini C-17 samolyotida evakuatsiya qildi”, deya maʼlum qilgan Oq uy vakili. 

Maʼlumot örnida, Afğoniston Islom Respublikasi endi yöq. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga ötdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bölgan Afğoniston Islom Amirligini qayta tuzmoqçi. Prezident Aşraf Ğani isteʼfo berganini hamda mamlakatni tark etganini maʼlum qildi.

Aşraf Ğani mamlakatni tark etganidan söng, u Tojikiston, Omon va Özbekistonda ekani aytildi. Biroq, yakunda ularning heç biri öz tasdiğini topmadi. Keça, 18 avgust kuni esa, Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) Aşraf Ğani va uning oila aʼzolariga boşpana bergani maʼlum qilindi.

×