«Bu oxirgisi emas» – Musulmonlar idorasi «Soxta payğambar»ga munosabat bildirdi

«Bu oxirgisi emas» – Musulmonlar idorasi «Soxta payğambar»ga munosabat bildirdi

Özbekiston musulmonlar idorasi navbatdagi soxta payğambarlik daʼvosidagi şaxsga munosabat bildirdi.

“Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda özini Malabek öğli Jamollidin, deb taniştirgan şaxsning “Allohning vakili qilib yuborilgani, hamma uçun yagona din “Imon yöli dasturi” dinini tarğib qiliş, bunga 35 yil tayyorgarlik körgani, muayyan ibodatlar dasturi borligini” aljirab çiqqan videosi tarqaldi.

Bu kabi holat birinçisi va oxirgisi ham emas, ahyon-ahyonda uçrab turişi tabiiy holdir. bu borada Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi şarifda nabiy sollallohu alayhi vassallam: “…Kelajakda ummatimda öttizta kazzob bölur.

Ularning har biri özining nabiyligini daʼvo qilur. Holbuki, men nabiylarning xotimi-tugatuvçisiman. Mendan keyin nabiy kelmas”, dedilar” (Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari).

“Kazzob” sözi arabça söz bölib, “köp yolğon gapiruvçi”, “öta ketgan yolğonçi” maʼnolarini ifoda etadi.

Demak, Nabiy alayhissalomdan keyin heç qanday payğambar yoki rasul çiqişi mumkin emas. Bordi-yu, kimdir payğambarlik yo rasullikni daʼvo qilsa, u yolğonçi deya inkor etiladi va unga qarşi çiqiladi.

Maʼlumki, payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam rasul (elçi) va nabiylarning sönggisidirlar.

Bu haqida Alloh taolo: “Muhammad sizlardan biron erkakning otasi bölgan emas. lekin allohning rasuli va nabiylarning sönggisidir. Alloh har bir narsani öta bilguvçidir”, – deya xitob qilgan (“Ahzob” surasi, 40-oyat).

Uşbu oyatga köra, kimda-kim Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan keyin yana payğambar yo rasul çiqadi deb aytsa, eʼtiqod qilsa, kofir böladi.

Çunki u mazkur oyatni inkor qilgan va Muhammad sollallohu alayhi vasallamning eng sönggi payğambar va rasul ekanini tan olmagan böladi.

Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyat qilingan hadisi şarif matnida Payğambar alayhissalomning “Men bilan nabiylar tugatildi”, degan sözlarini eslab ötiş ham maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Şu örinda,hurmatli bloger hamda faol internet foydalanuvçilariga din masalasidagi har qanday noodatiy holatni ommaga körsatiş hamişa ham töğri bölavermasligini taʼkidlamoqçimiz. Çunki, bu odamlarning eʼtiqodi bilan boğliq masala hisoblanadi.

Şundan kelib çiqib, Özbekiston musulmonlari idorasi bunday xatti-harakatni qatʼiy qoralaşini, ilmu maʼrifat rivojlangan bugungi davrda odamlarning vaqtlarini olib, bu kabi asossizlavhalarni tarqatiş heç qanday mantiqqa töğri kelmasligini hamda mömin-musulmonlarimizdan bu kabi şaxslarning soxta daʼvolariga çalğib qolmasliklarini sörab qolamiz”, – deyiladi munosabatda.

×