Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik kişining «men Allohning elçisiman, koronavirus vabosining yöqolişi menga boğliq, Xitoydagi ölim maskaniga borib kelişim kerak», degan videolari tarqalgan edi.
Samarqand viloyat IIB axborot xizmati uşbu fuqaro 1962 yilda Samarqand tumanida tuğilgan X.U. bölib, u 1980—1982 yillarda Afğonistondagi fuqarolik uruşida harbiy xizmatni ötagani va xizmati davomida boş qismidan jarohat olgan fuqaro boş miya kontuziyasi kasalligi bilan davolanganini maʼlum qildi.
Şuningdek, hozirda uning psixologik holatini aniqlaş maqsadida Samarqand viloyat Ruhiy kasalliklar dispanseri mutaxassisi körigidan ötkaziş çoralari körilmoqda.
Xitoyning Özbekistondagi elçixonasi “COVID-19 vatani – Xitoyga borib insoniyatni koronavirusdan qutqariş uçun yuborilgan samarqandlik şaxsga murojaat qildi. Xitoyliklarning mazkur şaxsga javob qaytarişiga uning Xitoyni «koronavirus vatani» degani sabab bölgan.
Diplomatlar xuşmuomalalik bilan unga Xitoy virusning «vatani» emas, balki koronavirus epidemiyasi haqida birinçi bölib xabar berganini eslatdi.
“Biz pandemiyani yengiş uçun butun insoniyatning bilimi va kuçini birlaştiriş va barça resurslarni safarbar qiliş kerak, deb öylaymiz. Biroq, biz şuni yodda tutişimiz kerakki, Xitoy bu inqirozni birinçi bölib aniqlab bergan va aslo virusning «vatan»i emas. Bundan taşqari, tobora köproq ilmiy tadqiqotlar şuni körsatadiki, koronavirusning yangi turi Xitoyda tarqalişidan ança oldin boşqa joylarda paydo bölgan va uning kelib çiqişi aniq emas”, - deyiladi elçixona xabarida.
Ularning fikriga köra, COVID-19 Uxanda avj olişidan oldin ham bölgan, ammo harakatsiz edi.
Şuningdek, Özbekiston musulmonlar idorasi ham bu kabi daʼvolarni keskin qoralab çiqdi.
"Avvalo taʼkidlaymizki, ilmu maʼrifat rivojlangan bugungi davrda kişilarning vaqtlarini olib, şunday lavhalarni tarqatiş heç bir mantiqqa töğri kelmaydi. Bunday xabarlarning keng auditoriyaga ega bölgan ijtimoiy tarmoq yurituvçilari ham tarqatayotgani juda ham taşvişli holatdir.
Öz navbatida bu lavhani har qanday maqsadda tarqatmaslikni qatʼiy taʼkidlaymiz. Bizning vazifamiz ölaroq, bu soxta daʼvoga raddiya yozdik.
Hazrati Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam rasul (elçi) va nabiylarning sönggisidirlar. Alloh taolo: «Muhammad sizlardan biron erkakning otasi bölgan emas. Lekin Allohning Rasuli va Nabiylarning sönggisidir. Alloh har bir narsani öta bilguvçidir», deya xitob qilgan («Ahzob» surasi, 40-oyat).
Uşbu oyatga köra, kimda-kim Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan keyin yana payğambar yo rasul çiqadi deb aytsa, eʼtiqod qilsa, kofir böladi. Çunki u mazkur oyatni inkor qilgan va Muhammad sollallohu alayhi vasallamning eng sönggi payğambar va rasul ekanini tan olmagan böladi.
Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi vassallam: «...Kelajakda ummatimda öttizta kazzob bölur. Ularning har biri özining nabiyligini daʼvo qilur. Holbuki, men nabiylarning xotimi-tugatuvçisiman. Mendan keyin nabiy kelmas», dedilar” (Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari). «Kazzob» sözi arabça söz bölib, «köp yolğon gapiruvçi», «öta ketgan yolğonçi» maʼnolarini ifoda etadi.
Demak, Nabiy alayhissalomdan keyin heç qanday payğambar yoki rasul çiqişi mumkin emas. Bordiyu, kimdir payğambarlik yo rasullikni daʼvo qilsa, u yolğonçi deya inkor etiladi va unga qarşi çiqiladi. Sahobai kiromlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin payğambarlik daʼvosi bilan çiqqan Musaylama, Asvad Anasiy va Sajoh kabi soxta payğambarlarga qarşi qattiq jang qilganlar.
Boşqa bir hadisi şarifda şunday deyiladi:
«Mening va anbiyolarning misoli, xuddi binosi gözal bir qasrga öxşaydi. Unda bir ğişt örni tark qilingandir. Bas, nazar soluvçilar uni aylanib körib, binosining gözalligidan ajablanadilar. Faqat haligi ğişt örnidan boşqa ayb topa olmaydilar. Bas, men öşa ğiştning örnini tölğazdim. Men bilan bino xotimasiga yetdi. Payğambarlar oxiriga yetdilar» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
Yana bir hadisi şarifda bunday deyilgan:
«Boşqa anbiyolardan olti narsa ila afzal qilindim: 1. Menga jamlovçi kalom berildi. 2. Menga duşmanimga qörqinç soliş ila nusrat berildi. 3. Menga öljalar halol qilindi. 4. Menga yer poklovçi va masjid qilindi. 5. Men hamma xaloyiqqa yuborildim. 6. Men bilan nabiylar tugatildi» (Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyatlari).
Yana bir muhim jihat, uşbu ruhiy nosoğlom kimsa ğaybni daʼvo qilyapti. Tarqalgan virus odamlarning qilgan gunohiga keldi, deb işonç bilan aytmoqda. Ğaybni faqat Alloh biladi, uni bilaman deyişning özi ham kufrdir. Qurʼoni karimda Alloh taolo Özini vasf qilib, şunday degan: «(U) ğaybni biluvçidir. Bas, Öz ğaybidan biror kimsani xabardor qilmas» («Jin» surasi, 26-oyat).
Boşqa bir oyati karimada:
“Ayting: «Alloh xohlaganidan taşqari özim uçun (biror) foyda va zarar (keltiriş)ga ega emasman. Agar ğayb (ilmi)ni bilsam edi, xayrli işlarni köp qilgan bölur edim va menga yomonlik (ham) yetmagan bölur edi. Men faqat imon keltiradigan qavm uçun ogohlantiruvçi va xuşxabar beruvçidirman» («Aʼrof» surasi, 188-oyat).
Hatto Payğambarimiz Muhammad alayhissalom ham ğaybni bilişni daʼvo qilmaganlar. Sahobalar davrida ham bunday vabolar kelgan. Qançadan qança buyuk sahobalar vabodan vafot etişgan. Ular Alloh taolodan bunday yomon gumonda bölişmagan. Balki, sabr qilişgan, Allohdan ajr umid qilişgan.
Uşbu kimsaning qölidagi hassasi özidan ança uzun, aslida hassa nari borsa odam böyi baravar böladi, qölidagi tasbeh ham odatiy emas, balki folbin, sehr-jodu qiluvçilarning anjomiga öxşaydi.
Şu örinda yana bir muhim masala bor. Yuqoridagi kabi tasvirlarni keng tarqalişiga hissa qöşayotganlar bir narsani yaxşi anglab olsinlar. Har bir voqeani ommaga körsatiş hamişa ham töğri bölavermasligiga insonning öz farosati yetişi kerak.
Qurʼoni karim va hadisi şariflarda oxirgi payğambar Muhammad alayhissalom ekani va u kişidan keyin kim payğambarlik, rasullikni daʼvo qilsa yolğonçi ekani aniq aytib qöyilgan.
Özbekiston musulmonlari idorasi bunday xatti-harakatlarni qatʼiy qoralaydi. Olingan maʼlumotlarga köra, uşbu şaxs haqiqatan Samarqand viloyatida yaşaydi. Ayni vaqtlarda Samarqand viloyati imom-xatiblari tomonidan mazkur fuqaro bilan Islom dini aqidasi va eʼtiqodiy taʼlimotlar yuzasidan suhbatlar olib boriş çoralari körilayotganini maʼlum qilamiz" - deyiladi Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati bayonotida.









