Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda umra tölovi bilan boğliq ayrim fuqarolarning firibgarliklari aks etgan çiqişlar turli muhokamalarga sabab bölmoqda. Özbekiston musulmonlari idorasi mazkur holat yuzasidan bayonot bilan çiqdi.
ÖMIning qayd etişiça, Umra safari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-sonli “Haj” va “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida amalga oşiriladi.
“Uşbu qaror bilan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisidagi NIZOMda: – tölovlar Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida maxsus hisobvaraqlar oçilgan bankning barça hududiy filiallarida amalga oşiriladi, deb belgilab qöyilgan. Şu bois, “Haj” va “Umra” safarlari tölovlari faqat bank orqali amalga oşiriladi. Heç bir fuqaro yoki mansabdor şaxs muborak safarlarga oid mablağlarni qabul qiliş vakolatiga ega emas.
Afsuski, ayrim şaxslar mömin-musulmonlar işonçini suisteʼmol qilib, Umra amalini niyat qilgan hamyurtlarimizning pullarini aldov yöli bilan olib, özining şaxsiy maqsadlari yölida özlaştirib yuborgani aççiq haqiqat va bundan barça ogoh bölişi lozim”, deyiladi idora bayonotida.
Taʼkidlanişiça, Özbekiston musulmonlari idorasi mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ziyoratçilarning tayyor röyxati asosida Umra ibodatini amalga oşiradi. Yaʼni, ziyoratçilarga viza oliş, ularni kuzatiş va kutib oliş, Saudiya Arabistonida ibodat va ziyoratlarini taşkil etiş kabi vazifalar bilan şuğullanadi. Bungaça bölgan jarayonlar, yaʼni Umra navbatini yuritiş va fuqarolardan tölovlarni qabul qiliş Diniy idora vakolatiga kirmaydi.
“Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan biror çiqiş qilişdan oldin mavzuni yaxşilab örganişni, Özbekiston musulmonlari idorasi nomini uning vakolatiga kirmaydigan işlar bilan boğlab tarmoqlarda tarqatib, taşkilot şaʼni, qadr-qimmati, işçanlik obrösiga putur yetkazadigan axborot tarqatişdan ehtiyot bölişni söraymiz.
Aholi orasida asossiz maʼlumotlarni tarqatiş Islom dini taʼlimotiga köra, gunoh, qonunçilikda esa javobgarlikka omil ekanini yana bir bor eslatib ötamiz”, deya yakunlangan rasmiy bayonot.
Maʼlumot örnida, Umra ziyoratçilari uçun Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan töğridan-töğri reyslar har kuni Saudiya Arabistoniga amalga oşirilmoqda. Yil yakuniga qadar kuzgi mavsum doirasida 30 ming nafarga yaqin fuqaro muborak ibodatni amalga oşirişi rejalaştirilgan.









