Ijtimoiy tarmoqlarda bir odamning “men Allohning elçisiman, koronavirus vabosining yöqolişi menga boğliq, Xitoydagi ölim maskaniga borib kelişim kerak”, degan aljiraşi tasvirlangan video tarqaldi.
Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati uşbu xabarlarga munosabat bildirdi. Idora avvalo bunday videolarni tarqatiş heç bir mantiqqa töğri kelmasligini taʼkidlab ötdi.
“Avvalo taʼkidlaymizki, ilmu maʼrifat rivojlangan bugungi davrda kişilarning vaqtlarini olib, şunday lavhalarni tarqatiş heç bir mantiqqa töğri kelmaydi. Bunday xabarlarning keng auditoriyaga ega bölgan ijtimoiy tarmoq yurituvçilari ham tarqatayotgani juda ham taşvişli holatdir.
Öz navbatida bu lavhani har qanday maqsadda tarqatmaslikni qatʼiy taʼkidlaymiz. Bizning vazifamiz ölaroq, bu soxta daʼvoga raddiya yozdik”, deyiladi bayonotda.
Musulmonlar idorasi Payğambar Muhammad sollallohu alayhi vasallam sönggi nabiy ekanini eslatib ötgan. Şuningdek, Muhammad (s.a.v.)ning öğil farzandi bölmagani isbot tariqasida keltirilgan.
“Hazrati Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam rasul (elçi) va nabiylarning sönggisidirlar. Alloh taolo: “Muhammad sizlardan biron erkakning otasi bölgan emas. Lekin Allohning Rasuli va Nabiylarning sönggisidir. Alloh har bir narsani öta bilguvçidir”, deya xitob qilgan (“Ahzob” surasi, 40-oyat).
Uşbu oyatga köra, kimda-kim Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan keyin yana payğambar yo rasul çiqadi deb aytsa, eʼtiqod qilsa, kofir böladi. Çunki u mazkur oyatni inkor qilgan va Muhammad sollallohu alayhi vasallamning eng sönggi payğambar va rasul ekanini tan olmagan böladi”, deyiladi Qurʼonda keltirilgan oyatni şarhlab.
Musulmonlar idorasi quyidagi hadislarda aytilgan gaplarni ham misol qilib keltirgan:
“Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi vassallam: “...Kelajakda ummatimda öttizta kazzob bölur. Ularning har biri özining nabiyligini daʼvo qilur. Holbuki, men nabiylarning xotimi-tugatuvçisiman. Mendan keyin nabiy kelmas”, dedilar” (Imom Termiziy va Abu Dovud rivoyatlari). “Kazzob” sözi arabça söz bölib, “köp yolğon gapiruvçi”, “öta ketgan yolğonçi” maʼnolarini ifoda etadi.
Demak, nabiy alayhissalomdan keyin heç qanday payğambar yoki rasul çiqişi mumkin emas. Bordi-yu, kimdir payğambarlik yo rasullikni daʼvo qilsa, u yolğonçi deya inkor etiladi va unga qarşi çiqiladi. Sahobai kiromlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyin payğambarlik daʼvosi bilan çiqqan Musaylama, Asvad Anasiy va Sajoh kabi soxta payğambarlarga qarşi qattiq jang qilganlar.
Boşqa bir hadisi şarifda şunday deyiladi:
“Mening va anbiyolarning misoli, xuddi binosi gözal bir qasrga öxşaydi. Unda bir ğişt örni tark qilingandir. Bas, nazar soluvçilar uni aylanib körib, binosining gözalligidan ajablanadilar. Faqat haligi ğişt örnidan boşqa ayb topa olmaydilar. Bas, men öşa ğiştning örnini tölğazdim. Men bilan bino xotimasiga yetdi. Payğambarlar oxiriga yetdilar” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
Yana bir hadisi şarifda bunday deyilgan:
“Boşqa anbiyolardan olti narsa ila afzal qilindim: 1. Menga jamlovçi kalom berildi. 2. Menga duşmanimga qörqinç soliş ila nusrat berildi. 3. Menga öljalar halol qilindi. 4. Menga yer poklovçi va masjid qilindi. 5. Men hamma xaloyiqqa yuborildim. 6. Men bilan nabiylar tugatildi” (Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyatlari).
Yana bir muhim jihat, uşbu ruhiy nosoğlom kimsa ğaybni daʼvo qilyapti. Tarqalgan virus odamlarning qilgan gunohiga keldi, deb işonç bilan aytmoqda. Ğaybni faqat Alloh biladi, uni bilaman deyişning özi ham kufrdir. Qurʼoni karimda Alloh taolo Özini vasf qilib, şunday degan: “(U) ğaybni biluvçidir. Bas, Öz ğaybidan biror kimsani xabardor qilmas” (“Jin” surasi, 26-oyat).
Boşqa bir oyati karimada:
“Ayting: “Alloh xohlaganidan taşqari özim uçun (biror) foyda va zarar (keltiriş)ga ega emasman. Agar ğayb (ilmi)ni bilsam edi, xayrli işlarni köp qilgan bölur edim va menga yomonlik (ham) yetmagan bölur edi. Men faqat imon keltiradigan qavm uçun ogohlantiruvçi va xuşxabar beruvçidirman” (“Aʼrof” surasi, 188-oyat)”.
Hatto Payğambarimiz Muhammad alayhissalom ham ğaybni bilişni daʼvo qilmaganlar. Sahobalar davrida ham bunday vabolar kelgan. Qançadan qança buyuk sahobalar vabodan vafot etişgan. Ular Alloh taolodan bunday yomon gumonda bölişmagan. Balki, sabr qilişgan, Allohdan ajr umid qilişgan”.
Şundan söng, Musulmonlar idorasi ijtimoiy tarmoqlarda videosi tarqalgan kimsaning taşqi körinişiga ham eʼtibor qaratgan hamda bunday narsalarni tarqatişdan oldin farosatni işlatişga çaqirgan.
“Uşbu kimsaning qölidagi xassasi özidan ança uzun, aslida hassa nari borsa odam böyi baravar böladi, qölidagi tasbeh ham odatiy emas, balki folbin, sehr-jodu qiluvçilarning anjomiga öxşaydi.
Şu örinda yana bir muhim masala bor. Yuqoridagi kabi tasvirlarni keng tarqalişiga hissa qöşayotganlar bir narsani yaxşi anglab olsinlar. Har bir voqeani ommaga körsatiş hamişa ham töğri bölavermasligiga insonning öz farosati yetişi kerak”, deyiladi idora bayonotida.
Taʼkidlanişiça, hozirda özini payğambar deb atagan samarqandlik fuqaro bilan viloyat imom-xatiblari suhbat olib boryapti.
“Qurʼoni karim va hadisi şariflarda oxirgi payğambar Muhammad alayhissalom ekani va u kişidan keyin kim payğambarlik, rasullikni daʼvo qilsa yolğonçi ekani aniq aytib qöyilgan.
Özbekiston musulmonlari idorasi bunday xatti-harakatlarni qatʼiy qoralaydi. Olingan maʼlumotlarga köra, uşbu şaxs haqiqatan Samarqand viloyatida yaşaydi. Ayni vaqtlarda Samarqand viloyati imom-xatiblari tomonidan mazkur fuqaro bilan Islom dini aqidasi va eʼtiqodiy taʼlimotlar yuzasidan suhbatlar olib boriş çoralari körilayotganini maʼlum qilamiz”, deya yakunlangan idora bayonoti.









