Özbekiston musulmonlari idorasi Muhammad (s.a.v) haqidagi karikatura atrofida yuzaga kelgan bahslarga munosabat bildirdi

Özbekiston musulmonlari idorasi Muhammad (s.a.v) haqidagi karikatura atrofida yuzaga kelgan bahslarga munosabat bildirdi

Özbekiston musulmonlari idorasi Payğambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nisbatan qilingan karikatura suratlari va ular bilan boğliq bayonotlar sababli yuzaga kelgan bahslarga munosabat bildirdi.

«Ayni şu kunlarda ayrim bosma naşrlarda, turli internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalarida Payğambar alayhissalomga nisbatan nomunosib, haqoratomuz karikatura çop etilişi va uning ortidan kelib çiqqan turli köngilsiz holatlar ayrim bahs-munozaralar, ixtilof va tuşunmovçiliklar hamda notöğri xatti-harakatlarga sabab bölmoqda.

Özbekiston musulmonlari idorasi mömin-musulmonlarning hissiyotini qözğaş, fitna çiqariş va diniy qadriyatlar, muqaddasotlarga nisbatan haqoratni ifodalovçi har qanday holatni jiddiy qoralaşini hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning şaʼni mömin-musulmonlar uçun eng oliy qadriyat ekanini qatʼiy taʼkidlaydi», — deyiladi idora munosabatida.

Özbekiston musulmonlari idorasi bu kabi munosabatlarni xalqlar örtasidagi özaro totuvlikni buzişga qaratilgan fitna hamda odamlarning diniy eʼtiqodi bilan boğliq his-tuyğularini haqoratlaş, diniy qadriyatlarni oyoq osti qiliş, millatlararo va dinlararo adovat uyğotiş, deb baholaydi.

Taʼkidlaş kerakki, kim bölişidan qatʼiy nazar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni har qança kamsitişga urinmasin yoki musulmonlar yo islom diniga toş otmasin bu bilan dinimizga yoki musulmonlarga zarraça ham ziyon yetkaza olmaydi.

Şuningdek, idora tomonidan taʼkidlanişiça, uşbu holatga nisbatan özbekistonliklarning turli munosabat bildirmoqda. Şu munosabat bilan Özbekiston musulmonlari idorasi bunday holatda hissiyotga berilmasdan, haqoratlardan tiyilişga va muammoning yaxşi yeçimini izlaşga çaqirgan.

«Aslida, bu kabi fitnalar musulmonlarni yomon otliq qiliş yoki bir yurtda turli din vakillarining emin-erkinlikda, öz dinlariga bemalol amal qilib, tinç va osoyiştalikda, özaro bağrikenglikda yaşayotganini köra olmayotgan ğarazli kuçlar tomonidan uyuştirilayotganini yoddan çiqarmaslik zarur», — deyiladi xabarda.

Özbekiston musulmonlari idorasi islom dinini terror bilan yonma-yon qöyadigan ayrim kişilarga Misr boş imomi, al-Azhar majmuasi şayxi Ahmad Muhammad Toyyib hazratlarining quyidagi sözlarini keltirgan: «Islomni terrorizm deb ataş uşbu sof din haqida heç narsa bilmaslikni anglatadi. Yana bu iş özgalar eʼtiqodiga hurmatsizlikni ifodalovçi mulohazasizlikdir. Adovat va zöravonlikka oçiq çaqiruv, örta asrlar vahşiyligiga qaytiş va ikki milliardga yaqin musulmonlarning tuyğularini qözğatuvçi fitnadir».

Idora munosabatida uşbu holatlar haqida keng fikr qilib, çuqur muşohada yuritişga, hissiyot bilan emas, tafakkur bilan iş tutişga çaqirilgan. «Din duşmanlari fitnasiga zamin yaratib, vaziyat yanada keskin tus olişiga sababçi bölib qolmaylik. Bu bölayotgan işlar hammasi fitna, ğanimlar tomonidan rejali amalga oşirilmoqda, bunday vaziyatda öylab iş tutiş kerak. Hazrati Payğambar sollallohu alayhi vasallamni ardoqlaş tajovuzkorona xatti-harakatlar bilan emas, balki aql ila böladi», — deyiladi munosabatda.

Özbekiston musulmonlari idorasining xulosa qilişiça, musulmon kişi hadislarda keltirilganidek, doimo huşyor, ziyrak bölişi, atrofda sodir bölayotgan har xil fitna va qaltis jarayonlarga teran nazar bilan boqişi lozim. Bunday harakatlarga nisbatan tajovuzkorona emas, balki Payğambar alayhissalomga xos bosiqlik va zukkolik bilan munosabat bildiriş kerak.

Eslatib ötamiz, Frantsiyada tarix fani öqituvçisi öquvçilarga Cherlie Hebdo naşri tomonidan çop etilgan Payğambar Muhammad (s.a.v.)ning karikatura suratini körsatgan. Şundan söng öqituvçi çeçenistonlik muhojir tomonidan öldirilgan. Bu voqea Frantsiyada keng jamoatçilikning muhokamasiga sabab böldi. Öldirilgan öqituvçi bilan vidolaşiş marosimida Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat söz erkinligidan, jumladan karikatura borasidagi erkinlikdan voz keçmasligini maʼlum qilgan. Frantsiya prezidentining mazkur bayonoti ortidan Yaqin Şarqdagi baʼzi mamlakatlarda Frantsiyada işlab çiqarilgan mahsulotlarni boykot qiliş boşlandi.

×