Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani hududidan ötgan 4 R-38 yölining 810-kilometrida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB yöl-patrul xizmati xodimi “Nexia” rusumli avtoulov haydovçisiga töxtaş işorasini berdi. Ammo haydovçi inspektorning qonuniy talabiga böysunmay, harakatda davom etdi.
Yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan mazkur “Nexia” avtoulovi kuzatib borilib, töxtatildi. Qoidabuzar haydovçi Samarqand viloyati Qöşrabot tumani “Piçot” qişloq fuqarolar yiğinida yaşovçi, poytaxtdagi institutlardan birining öqituvçisi K. K. bölib çiqdi. Tabiiyki, YPX inspektorlari tegişli tartibda bayonnoma rasmiylaştiriş hamda avtoulovni jarima maydoniga qöyiş çoralarini köra boşladilar.
Voqeaning bunday avj olişi K. K.ga maʼqul kelmadi va qonun posbonlarining holatdan köz yumişi uçun 400 ming söm pora taklif qildi. YPX inspektorlari öqituvçining uşbu xatti-harakati qonunga zid ekanligini bildirdi. Ammo qoidabuzar pora taklif qilişda davom etdi.
Qisqasi, Jizzax şahri hududidagi jarima maydonida yöl-patrul xizmati xodimiga 400 ming sömni pora tariqasida bergan K. K. IIV Öz xavfsizligi boşqarmasi Jizzax böyiça bölimi va prokuratura xodimlari tomonidan jinoyat ustida uşlandi.
Holat yuzasidan tegişli tartibda jinoyat işi qözğatilgan.









