Haydovçi A.Y 2021 yil 11 mart kuni Mingbuloq tumani, “Örtaqişloq” MFY hududida özining boşqaruvida bölgan transport vositasini spirtli içimlikdan mast holda boşqargani Mingbuloq tuman IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib, narkologiya tekşiruvidan ötkazilgan va avtomaşina jarima maydoniga olib borilgan va maʼmuriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylaştiriş uçun tuman IIB YHXG inspektoriga topşirilgan.
Şundan söng, haydovçi A.Y tuman IIB HPB profilaktika katta inspektoriga avtomaşinani jarima maydonidan çiqariş va maʼmuriy huquqbuzarlik bayonnomasini rasmiylaştirmaslik evaziga 200 AQŞ dollari miqdorida pul mablaği berişni taklif qilgan.
A.Y. 2021 yil 12 mart kuni profilaktika katta inspektorining xizmat xonasi oldida taklif qilgan puldan 1.050.000 sömini bergan vaqtida huquqni muxofaza qiliş xodimlari tomonidan uşlanib, pul mablağlari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Mingbuloq tuman sudining oçiq sud majlisida körib çiqilib, haydovçi A.Y Özbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 2 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
Aşyoviy dalil deb eʼtirof etilgan 1.050.000 söm pul davlat foydasiga musodara qiliş belgilandi.
Ilyosjon Usmonov
Namangan viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati sudyasi
Şarof Eşimov
JIB Mingbuloq tuman sudining raisi









