Jizzaxda Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği pora bilan qölga tuşdi

Jizzaxda Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği pora bilan qölga tuşdi

Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati taʼlim tizimi masʼullaridan birining noqonuniy harakati foş etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.


Xususan, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği öz mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan birida tekşiruv ötkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln söm miqdorida pora talab qilgan.

Ammo, uşbu mansabdor şaxs söralgan pul mablağini tamagirlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Şuningdek, tergov jarayonida uni Jinoyat kodeksining 167- (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 209- (mansab soxtakorligi) va 243-moddalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş) nazarda tutilgan boşqa noqonuniy harakatlari ham foş qilingan.


Teglar:
×