Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Şanxay hamkorlik taşkilotining xalqaro maydondagi rolini kuçaytiriş maqsadida uning kelişuvlarini inventarizatsiya qilişni taklif qildi. Bu haqda u bugun, 4 iyul kuni bölib ötayotgan taşkilotning 23-sammitida söz oçdi.
“Biz kelişuv va qarorlarni inventarizatsiya qiliş, institutlar faoliyati va hamkorlik mexanizmlari auditini ötkazişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz”, degan Özbekiston Prezidenti.
Şuningdek, Mirziyoyev ŞHTni modernizatsiya qiliş böyiça kelişuvlarni amalga oşirişni va taşkilot aʼzolari uçun yaxşi qöşniçilik kodeksini işlab çiqişni tezlaştirişni taklif qilgan.

“Biz ŞHTning yaxşi qöşniçilik, işonç va transçegaraviy şeriklik kodeksini işlab çiqiş taşabbusini körsatmoqdamiz”, degan Prezident Mirziyoyev.
Özbekiston rahbari kodeksning qabul qilinişi ustuvor vazifalarni belgilaş, yangi şaroitlarda köp tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça yagona yondaşuv va kompleks çora-tadbirlarni işlab çiqiş imkonini berişini qöşimça qilgan.

Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev ŞHT davlatlarining transport aloqalari xaritasini işlab çiqişni taklif qilgan.
“ŞHT makonida transport kommunikatsiyalarining özaro boğliqligini mustahkamlaş böyiça kompleks çora-tadbirlarni köriş muhim. Biz ŞHT davlatlarining transport aloqalari xaritasini işlab çiqişni maqsadga muvofiq deb bilamiz, bu tösiqlar va böşliqlarni aniqlaş imkonini beradi”, degan Mirziyoyev.
Uning sözlariga köra, respublikada yaxlit transport-tranzit tizimini şakllantiriş böyiça ustuvor çora-tadbirlar va loyihalar allaqaçon belgilab olingan. Mirziyoyev ayni paytda Özbekistonda Şimol-Janub va Şarq-Ğarb avtomobil yöllarini rivojlantiriş böyiça qator loyihalar faol ilgari surilayotgani, Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temir yöli qurilişi böyiça işlar boşlanganini ham taʼkidlagan.

“Biz uşbu yönaliş böylab, şuningdek, Afğoniston orqali Eron va Pokiston portlari yönalişi böyiça Janubiy Osiyo va Yaqin Şarq bozorlariga çiqiş imkoniyatiga ega multimodal transportni rivojlantirmoqdamiz. Ekspertlarning fikriça, uşbu loyihalarni amalga oşiriş yuk taşiş hajmini sezilarli darajada oşadi, şuningdek, transport xarajatlarini kamaytirişni taʼminlaydi”, degan Mirziyoyev.
Maʼlumot uçun, sammitga Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi davlatlari rahbarlari ham taklif etilgan.









