Ronaldu töyiga Messini taklif qildi – manba

Ronaldu töyiga Messini taklif qildi – manba

Portugaliyalik futbol yulduzi Kriştianu Ronaldu bölajak turmuş örtoği Jorjina Rodriges bilan böladigan töyiga uzoq yillik raqibi Lionel Messini ham taklif qildi. Bu haqda jurnalist Esegbona Luis maʼlum qildi.

Manbaga köra, marosimga şuningdek Braziliya terma jamoasi hujumçisi Neymar va Ronaldu bilan yaqin döstona munosabatlarga ega bölgan UFC’ning sobiq çempioni Xabib Nurmagomedov ham taklif etilgan.

“The Sun” naşrining yozişiça, töy joriy yilning 8 avgust kuni Portugaliyaning Madeyra orolida bölib ötadi. Nikoh marosimi Funşal soborida taşkil etiladi, şundan söng mehmonlar beş yulduzli mehmonxonadagi tantanali qabulga yöl oladi.

Xabarda aytilişiça, tadbir munosabati bilan mehmonxonaning ikki qavati hamda bir neçta bar hududlari ikki kun faqat töy mehmonlari uçun ajratiladi.

Maʼlumot uçun, Kriştianu Ronaldu va Jorjina Rodriges 2016 yildan buyon birga hayot keçirib kelmoqda. Ular 5 nafar farzandni – Kriştianu Junior, Yeva va Mateo hamda qizi Alana Martina va Bella Esmeraldani tarbiyalab kelmoqda. Juftlik 2025 yil avgustida munosabatlarini rasman fotiha bilan mustahkamlagan edi.


Teglar:
×