Nega Özbekiston Qozoğistondan elektr energiyasini sotib olmoqda – ekspert fikri

Nega Özbekiston Qozoğistondan elektr energiyasini sotib olmoqda – ekspert fikri

Rossiyada xizmat körsatgan energetika mutaxassisi, texnika fanlari doktori, “Qayta tiklanadigan energiya turlari va ularga asoslangan qurilmalar” ilmiy-taʼlim markazi direktori Viktor Yelistratov Qozoğistondan elektr energiyasini sotib olişning asosiy sabablarini sanab ötdi.

Qozoğiston 2019 yil iyun oyi oxiridan 17 iyulgaça Özbekistonga 145 mln kVt-soat elektr energiyasini eksport qildi. 2019 yil davomida Özbekiston energetika tizimiga 1 mlrd kVt-soatdan oşiqroq elektr energiyasi eksport qilinadi. Özbekistonga elektr energiyasi eksportini amalga oşirişning eng muhim şartlaridan biri Qozoğistonning içki ehtiyojini taʼminlaş hisoblanadi. 

Ekspertning Sputnik Özbekistonga maʼlum qilgan fikriga köra,  bunday kelişuvga birinçi navbatda elektr energiyasi isteʼmolining ösişi turtki bölgan. Bu Özbekistonning iqtisodiy ösişi bilan boğliq bölişi mumkin. Isteʼmolçilar soni ortib bormoqda va yangi korxonalar barpo etilmoqda.

Boşqa tomondan esa Özbekistonning köplab issiqlik elektr markazlarida ekspluatatsiya muddati uzoq bölgan eskirgan uskunalardan foydalaniş mumkin. Bu öz örnida talab ortib borayotgan elektr energiyasini almaştiriş ehtiyojini yuzaga keltiradi.

Yelistratov Qozoğiston mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun raqobatbardoş bölişi mumkin bölgan narxda elektr energiyasini taklif qilişi mumkinligini istisno qilmadi. Bu bilan ularni korxonalar samaradorligini oşiriş bilan şuğullanişga undaydi.

Eskpert hozirda Özbekistonda AES qurilişi jadallik bilan davom ettirilayotganini eslatib ötdi. Uşbu loyiha elektr energiyasiga bölgan ehtiyojlarning katta qismini qoplaydi.

Biroq şuni unutmaslik lozimki, Özbekiston juda katta hududga ega bölgan mamlakatdir va uning uzoq hududlariga elektr energiyasini yetkazib beriş uçun qöşni Qozoğistondan sotib oliş foydali va osonroqdir

×