Özbekiston Qirğizistonga 145,6 mln kilovatt/soat elektr energiyasini qaytardi

Özbekiston Qirğizistonga 145,6 mln kilovatt/soat elektr energiyasini qaytardi

Qirğiziston Özbekistondan 145,6 million kilovatt/soat elektr energiyasi import qildi. Buning uçun Qirğiziston Özbekistonga bor-yöği 1,2 ming söm tölagan. Gap katta ehtimol bilan Özbekiston qişda sovuq havoda sarflagan va Qirğiziston energetika tizimiga yetkazib bermagan elektr energiyasini qaytariş haqida ketmoqda. Tölov faqat elektr energiyasining tranziti uçun amalga oşirildi, deya xabar bermoqda 24.kg Qirğiziston milliy statistika qömitasiga tayanib. Eslatib ötamiz, ötgan yilning dekabr oyida Özbekiston Turkmaniston elektr energiyasini Qirğizistondan qarzga olgani haqida xabar bergan edik.

×