Oltin medal: Özbekiston Osiyo öyinlarida Qozoğistondan özib ketdi

Oltin medal: Özbekiston Osiyo öyinlarida Qozoğistondan özib ketdi

26 sentyabr kuni Yaponiyaning Aiçi-Nagoya-2026 şaharlarida ötkazilayotgan Osiyo öyinlarida Özbekiston navbatdagi oltin medalni qölga kiritib, medallar reytingida 4-öringa kötarilib oldi. Delegatsiya ğaznasiga 8-oltinni Şaxriyor Mahkamov qöşib qöydi.

Turnirning baydarkada eşkak eşiş bahslarida qatnaşgan Şaxriyor Mahkamov Osiyo öyinlari çempionligini qölga kiritdi. Erkaklar örtasida 500 metr masofaga keçgan yakkalik dasturida özbekistonlik sportçi marraga birinçi bölib yetib bordi.

Şuningdek, baydarkada eşkak eşiş böyiça Özbekiston terma jamoasi aʼzosi Arina Tanatmişeva kumuş medalni qölga kiritdi. 500 metr masofaga keçgan yakkalik dasturida sportçi marraga ikkinçi bölib yetib bordi.


Bundan taşqari, kanoeda eşkak eşiş böyiça Özbekiston terma jamoasi aʼzolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi Özbekiston sportçilari ğaznasiga galdagi medalni taqdim qildi. Mikst dasturida iştirok etgan sportçilar finişga ikkinçi bölib yetib bordi va kumuş medalni qölga kiritdi.

Maʼlumot uçun, ayni damda özbekistonlik sportçilar hisobida 8 ta oltin, 17 ta kumuş va 9 ta bronza bor. Medallar jamğariş böyiça umumjamoa reytingida Özbekiston 4-örinda bormoqda.


Teglar:
×