Rossiya hududlaridagi amaldorlar telefon suhbatlarini yaşirin eşitişga qarşi tizimlarni ommaviy ravişda xarid qilmoqda va oxirgi ikki yil içida ularga kamida 20 million rubl sarflagan. Bu haqda davlat xaridlari maʼlumotlariga tayanib, “Mash” xabar berdi.
Qayd etilişiça, köpinça ular himoyaning ikki turini – vibratsiya hosil qiluvçi va şovqin tarqatuvçi xarid qilmoqda. Birinçisi derazaga mahkamlanadi va vibratsiya hosil qiladi. Natijada xonadagi ovozni oyna orqali yozib oliş qiyinlaşadi. Şovqin tarqatuvçesa eşik, ventilyatsiya yoki şip yoniga örnatiladi. U ham suhbatni yozib olişga xalaqit beradigan şovqin hosil qiladi. Qurilmalarning özi Rossiyada işlab çiqarilgan bölişi kerak, yetkazib beruvçilar esa davlat siri bilan boğliq işlar uçun litsenziya oladi.
Eşitib olişdan eng köp Boşqirdiston amaldorlari xavotirda. U yerda himoya tizimlari uçun 1,1 million rubl sarflangan. Şuningdek, uşbu tizimlarni Rossiya Fanlar akademiyasi (umumiy summasi 666 ming rubl), Uzoq Şarq bojxonasi (500 ming rubl) va Bryansk viloyati dumasi (400 ming rubl) ham sotib olgan.
Uşbu idora va taşkilotlarning barçasida sönggi yillarda korruptsiya sxemalari aniqlanib, jinoyat işlari qözğatilgan edi. Boşqirdiston sobiq boş vazir örinbosari vazifasini bajaruvçi Alan Marzayev quriliş kompaniyalaridan 37 million rubl pora olgani uçun 13 yilga koloniyaga hukm qilingan. Bryansk viloyatida 2025 yilda sobiq vitse-gubernator Nikolay Simonenko va viloyat quriliş boşqarmasi rahbari Yevgeniy Jura 818 million rubl zarar yetkazilgan mansabni suiisteʼmol qiliş aybi bilan qölga olingan, sobiq gubernator örinbosari Sergey Timoşenko esa 7 million rubl pora oliş böyiça jinoyat işi figurantiga aylangan. 2025 yilda Rossiya Fanlar akademiyasi sobiq vitse-prezidenti Konstantin Solntsev Fanlar akademiyasi mablağlaridan 168,7 million rublni özlaştiriş va uşbu pullarni legallaştiriş böyiça aybdor deb topilgan. Uzoq Şarq bojxona boşqarmasida esa korruptsiya işlari muntazam ravişda qözğatiladi – 2025 yilning özida kamida sakkizta jinoyat işi oçilgan.
Qayd etilişiça, amaldorlarni ham Rossiya maxsus xizmatlari, ham xorijiy maxsus xizmatlar eşitişga harakat qilmoqda. Ötgan yili Federal xavfsizlik xizmati xorijiy maxsus xizmatlarni smartfonlar orqali yuqori lavozimli rossiyalik amaldorlarni eşitib olişda ayblagan. Maxsus xizmat maʼlumotlariga köra, muzokaralarni eşitiş, şuningdek, elektron qurilmalar atrofida yaşirin akustik va video nazorat olib boriş dasturlaridan foydalanilgan. Masalan, “Bloomberg” Trampning yordamçisi Stiven Uitkoff va Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov örtasidagi 2025 yil 14 oktyabrdagi telefon suhbatini eʼlon qilgan. “Vajniye istorii” naşri maxsus xizmatlardagi manbalariga tayanib, FXX siyosatçilarni faol ravişda eşitayotgani haqida yozgan edi.









