Tojikiston Özbekiston va Afğonistonga elektr energiyasini yetkazib berişni töxtatmoqda

Tojikiston Özbekiston va Afğonistonga elektr energiyasini yetkazib berişni töxtatmoqda

Tojikiston hukumati Norak suv omboridagi suvning misli körilmagan darajada pastligini, va bu mamlakat energetikasi uçun jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligini maʼlum qildi.

TOŞKENT, 29 iyul. Norak suv omboridagi suv hajmining pasayişi munosabati bilan Tojikiston hukumati bir qator favqulodda çoralarni körişga majbur böldi, deyiladi Tojikiston hukumatining murojaatida.

“Barki Toçik” kompaniyasi Tojikiston hududida bir qator çeklovlarni joriy qilmoqda.

Xususan, Tojikiston xalqaro şartnomalarda belgilangan muddatdan oldin Özbekiston va Afğonistonga elektr energiyasini yetkazib berişni töxtatdi.

Uşbu tadbirlarning yagona maqsadi - kuz-qiş mavsumida elektr uzilişining oldini oliş uçun Norak suv omborida suvni zaxira qiliş.

Tojikiston hukumatining maʼlumotlariga köra, Vaxş va Panj daryolarining şakllanişi hududida yoğingarçilik miqdori juda kam bölganligi sababli (avvalgi yillar hajmining qariyb 50%) Nurek suv omborida suv sathi ötgan yilga nisbatan 17 metrga kamaydi.

×