DXX Namangan viloyati boşqarmasi va viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida “Jihodçilar” diniy ekstremistik oqimi ğoyalarini qöllab-quvvatlab kelgan noqonuniy guruh faoliyatiga çek qöyildi.
Aniqlanişiça, kosibçilik bilan şuğullanuvçi, 1965 y.t. fuqaro “Facebook” ijtimoiy tarmoğidagi profili orqali diniy ekstremistik oqimlar va terroristik taşkilotlarning ğoyaviy rahnamolari bölmiş “Abu Saloh”, “Sodiq Samarqandiy” va boşqalarning “hijrat”, “jihod”ga çorlovçi audio-video materiallarini joylaştirib, tarğibot işlarini olib borgan.
Şuningdek, Suriyadagi jangarilar bilan virtual aloqa boğlab, Rossiya Federatsiyasidagi tanişlari orqali ularga bir neça marotaba pul mablağlari jönatgan.
Mazkur fuqaro öğlini, jiyani, sinfdoşi va tanişlarini - jami 6 kişini öz virtual guruhiga qöşgan.
Guruh aʼzolarining yaşaş manzillaridan 7 ta mobil telefon apparati, 80 ta DVD va CD disklar, 2 ta mikro çip, 2 ta fleş-karta, 1 dona kitob va 1 dona daftar aşyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









