DXX Farğonada ekstremizm tarafdorlari faoliyatiga çek qöydi

DXX Farğonada ekstremizm tarafdorlari faoliyatiga çek qöydi

2018 yil jinoyat işlari böyiça Farğona şahar sudi tomonidan Jinoyat Kodeksining 244 prim 1 moddasida körsatilgan jinoyatni sodir etgan qöqonlik 23 yoşli “T.A.”ga insonparvalik tamoyillaridan kelib çiqib 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan edi.  

Lekin, u bundan töğri xulosa çiqarmasdan, “Telegramm” messenjerida diniy ekstremistik va terroristik taşkilotlar rahnamolarining jihodga, şahidlikka çorlovçi audio-video maʼruzalarini tinglab, tomoşa qildi. Natijada Suriya davlatidagi jangarilar safiga borib qöşilişni rejalaştirdi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida uning qabih rejasiga çek qöyildi.

Bundan taşqari, Qöqon şahrida yaşovçi 21 yoşli “T.I.” ota-onasining ogohlantirişlariga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan buzğunçi ğoyalar taʼsiriga tuşib qoldi.

U “Telegramm” messenjerida guruh oçib, ekstremistik oqimlar rahnamolarining maʼruzalarini hamda “Turkiston islom harakati”, “Katibatul Tavhid va Jihod” kabi terroristik taşkilotlar tomonidan tayyorlangan, jihodga çorlovçi materiallarni joylaştirib, öz guruhi aʼzolari sonini 45 nafarga yetkazdi. 

DXX xodimlarining sayʼ-harakati bilan uning ham noqonuniy faoliyatiga çek qöyildi.

Endilikdahar ikki şaxs ham qonun oldida javob beradi.

×