Içki işlar organlari va boşqa huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda joriy yilning 7 yanvar kuni Namangan viloyati hududida tezkor-tergov tadbirlari ötkazildi. Natijada, Özbekiston Respublikasida faoliyati taqiqlangan terrorçilik guruxlari emmisarlarining taʼsiriga tuşib, qurolli töqnaşuvlar davom etayotgan çet mamlakatlarga çiqib ketişni rejalaştirgan bir neça fuqarolar aniqlandi. Yangiqörğon tumanidagi bir neçta yaşaş manzillarida tituv ötkazildi va ular tergov jarayoniga jalb etildi.
Uşbu jarayonda mazkur şaxslar uyali telefon xotirasida taqiqlangan ekstremistik materiallarni saqlab kelayotganligi va ularni yaşirin tarzda tarqatayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.









