DXX va IIV xodimlari tomonidan mavjud jinoyat işi doirasida Toşkent şahrining Olmazor va Şayxontohur tumanlarida ötkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar natijasida Özbekiston Respublikasi Oliy sudining 2016 yil 26 sentyabrdagi qarori bilan mamlakatimizda taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik taşkilotining 11 nafar tarafdorlaridan iborat yaşirin guruh faoliyatiga çek qöyildi.
Aniqlanişiça, uşbu guruhni taşkil etgan şaxsning özi dastavval joriy yilning yanvar oyida diniy ekstremistik oqimlar va terroristik taşkilotlarning ğoyaviy rahnamolari bölmiş, hozirda Suriya va Turkiya davlatlarida qönim topgan, asli qirğizistonlik laqabi “Abu Saloh” bölgan Sirojiddin Muxtorov, şuningdek, Özbekiston fuqarolari bölgan “Abdulloh Zufar” laqabli Zofir Ğafforov va “Sodiq Samarqandiy” laqabli Sodiq Muhammadiyevlarning daʼvatlarini tinglab, ularning taʼsiriga tuşib qolgan.
Söngra öz atrofidagi insonlarni ham bu yölga tarğib qila boşlagan.
Joriy yilning mart oyiga kelib, u “Tavhid va jihod katibasi” terroristik taşkiloti safiga qöşiliş uçun Suriya davlatiga çiqib ketişni reja qilgan va buning uçun öziga xorijga çiqiş pasporti rasmiylaştirib olgan.
Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli Özbekiston va Turkiyada joriy etilgan karantin çoralari uning rejasining röyobga çiqişiga xalaqit bergan.
Taʼkidlaş lozimki, noqonuniy yiğilişlar davomida guruh aʼzolari internet tarmoği orqali yuklab olingan ekstremistik mazmundagi materiallarni tinglab, muhokama qilişgan. Hatto, ularning bir neçtasi “hijrat” va “jihod” qiliş uçun Suriya davlatiga borişga xayrixohlik bildirişgan.
Ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida guruh aʼzolarining yaşaş manzillarida taqiqlangan diniy adabiyotlar va varaqalar, kompyuter, noutbuk, planşet, mobil telefon hamda fleş-kartalar borligi aniqlanib, ularda saqlanayotgan maʼlumotlarni ekspertizadan ötkaziş uçun protsessual tarzda rasmiylaştirilib olindi.
Hozirda tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.









