Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi va viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan Qöqon şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda “Jihodçilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlari faoliyatiga çek qöyildi.
Aniqlanişiça, duradgorlik bilan şuğullanuvçi, 1998 y.t. şaxs muqaddam Turkiyaning Istambul şahrida işlagan vaqtida “Tavhid va jihod katibasi” terroristik taşkiloti emissarlari taʼsiriga tuşadi va keyinçalik yaşaş manziliga qaytib kelgaç, mazkur taşkilot ğoyalarini atrofdagilarga tarğib qila boşlaydi. Natijada 9 kişidan iborat guruh şakllanadi.
18-27 yoş oraliğida bölgan guruh aʼzolari orasida reklama agentligida va poyabzal işlab çiqariş tsexida işlovçi, şuningdek, uy şaroitida bolalar kiyimlari işlab çiqariş va sartaroşlik bilan şuğullanuvçi şaxslar bor.
Taʼkidlaş lozimki, ular Qöqon şahrining turli mavzelarida töplanib, xalqaro terroristik taşkilotlarning ğoyaviy rahnamolari bölgan “Abu Saloh”, “Abdulloh Zufar”, “Abdulloh Buxoriy”, “Abdulloh domla”larning “hijrat” va “jihod” töğrisidagi maʼruzalari hamda daʼvatlarini tinglab, özaro muhokama qilişgan. Şuningdek, ular kelgusida Suriyadagi terroristik taşkilotlar safiga borib qöşilişni rejalaştirişgan.
Guruh aʼzolarining mobil telefon apparatlarida respublikamiz qonunçiligida taʼqiqlangan audio-video körinişidagi diniy materiallar borligi aniqlandi.
Hozirda Jinoyat Kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX matbuot xizmati









