Yangi qoidalar barça transport vositalar, şuningdek poçta jönatmalariga taalluqli böladi.
Rossiyada 19 avgustdan boşlab çegara orqali qöl yukida meva, sabzavot va gullarni olib ötişni tartibga soluvçi qoidalar kuçga kiradi.
Endi yangi qoidalarga köra, Rossiyaga kirişda yoki mamlakatdan çiqişda yölovçilar qöl yukida beş kilodan ortiq bölmagan miqdorda meva va sabzavotlarni olib kirişi mumkin böladi. Şuningdek, uç buketdan köp bölmagan gullar olib kirişi yoki olib çiqişiga ruxsat etiladi, bunda har bir buketda 15 ta guldan (barg yoki ösimlikning boşqa qismlari) ortiq bölişi kerak emas.
Yirik partiyalar uçun çegarada fitosanitariya sertifikatlari kerak böladi. Agar ular bölmasa – egasi hisobidan tovarlar ortga qaytariladi yoki yöq qilinadi.
Bu ayniqsa yuqori fitosanitariya xavfli mahsulotlar: xurmo (finik), anjir, ananas, olça, gilos, şaftoli, olxöri va tsitrus mevalar.
Bundan taşqari, çeklovlarga dökkakli, yonğoq va sabzavotlar tuşdi: pomidor, turli karamlar, lavlagi, şolğom, redis, bodring, turli xildagi piyozlar.
Bu qoidalar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoq bojxona çegarasini kesib ötuvçi barça transport vositalar, suv, avia, temir yöl va avtotransport, şuningdek, kema, samolyot, vagon-restoran ekipaj aʼzolariga taalluqli böladi.
Yangi qoidalar poçta jönatmalariga ham tegişli.
Eslatib ötamiz, Rosselxoznadzor 5 martda Özbekistondan qöl yukida umumiy vazni beş kilodan ortiq bölmagan miqdorda meva, sabzavot va quruq mevalarni olib kiriş böyiça köp yillik taqiqni bekor qilgandi.









