«Taşqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga soliş va avtotransport vositalarining içki bozorini rivojlantirişni rağbatlantirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qilgan.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 avgustdan boşlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kişini taşişga möljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk taşişga möljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar böyiça transport vositalarini olib kirişda amalda bölgan aktsiz soliği stavkalari bekor qilinadi.
Maʼlumot uçun, Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aktsiz soliğiga tortiladigan tovarlarga aktsiz soliği stavkalari Prezidentning PQ-3818-sonli qarori bilan tasdiqlangan.









