Xitoyliklarga Rossiyaga kiriş taqiqlandi – turoperatorlar koronavirus bilan boğliq vaziyatning keskinlaşişi tufayli mamlakatga yangi turistik guruhlarni qabul qilişni töxtatdi. Bu haqda Rossiya Sayyohlik sanoati uyuşmasi xabarida aytiladi, deb yozadi “TASS”.
“Keça bizga baʼzi guruhlar yuborildi, vizasiz röyxatlar tekşirildi. Endi barça röyxatlar bekor qilindi, xitoyliklarning Rossiyaga barça safari töxtatildi ”, – deyiladi taşkilot xabarida. Şunday qilib, 27 yanvar, duşanba xitoylik sayyohlarni qabul qilişning sönggi kuni edi va 28 yanvardan Rossiyaga kiriş taqiqlandi.
Şu bilan birga, ilgari mamlakatga kelgan XXR fuqarolari Rossiya hududini muddatidan oldin tark etişadi. Xitoy hukumati sayyohlik guruhlarini çet elga jönatişga ham çeklovlar qöydi.
27 yanvar kuni Rossiyaning "Ural Airlines" aviakompaniyasi koronavirusning tarqalişi munosabati bilan Xitoyda ruslarning sevimli dam oliş maskani hisoblangan Xaynan oroliga parvozlarni töxtatgani haqida xabar berilgandi. Aviakompaniya vakillari 24 yanvargaça sotib olingan Xitoyga 7-fevralgaça bölgan reyslar uçun pulni qaytarişga vaʼda berişdi.









