AQŞ Rossiyaga qarşi iqtisodiy uruş olib bormoqda – Peskov

AQŞ Rossiyaga qarşi iqtisodiy uruş olib bormoqda – Peskov

Amerika Qöşma Ştatlari amalda Rossiya bilan iqtisodiy uruş olib bormoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

“AQŞ Rossiyaga qarşi iqtisodiy uruş eʼlon qildi, u bu uruşni amalda olib boryapti. Ha, de-fakto şunday”, deydi u.

Kreml vakilining sözlariga köra, Rossiyada iqtisodiyotdagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun tizimli, jiddiy va puxta öylangan çora-tadbirlar körilmoqda.

“Rossiya bozorini tark etgan xorijiy korxonalarni milliylaştiriş borasida parlament aʼzolarining takliflari böyiça Kremlda şakllangan pozitsiya yöq. Hukumat qarorgohida sanktsiyalarga javob beriş va voqealarni rivojlantirişning barça variantlari işlab çiqilmoqda”, deydi Peskov.

Bundan taşqari Dmitriy Peskov Rossiya jahon darajasidagi energiya xavfsizligining işonçli kafolati bölgan va şunday bölib qolişini ham alohida qayd etdi.

×