Özbekistonga yangi telefon olib kiriş yengillaşmoqda

Özbekistonga yangi telefon olib kiriş yengillaşmoqda

Endilikda Özbekistonda jismoniy şaxslar har safar çegaradan ötganida 2 ta telefon apparatini, şu jumladan, mobil aloqa moduliga ega bölgan telefonlar va qurilmalarni bojsiz olib kirişi mumkin böladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 26 oktyabr kuni qabul qilingan qarorda söz borgan.

2024 yilning 28 yanvaridan kuçga kiradigan özgartirişlarga köra, aeroport orqali olib kirilayotganda bitta yoki ikkita telefonning umumiy summasi 2000 AQŞ dollaridan oşmasligi kerak. Agar summa şartli ravişda 2300 dollar bölsa, u holda 300 dollarga 30 foiz boj qöllaniladi.

Qayd etilişiça, uşbu tuzatişlar xalqaro kurerlik jönatmalari orqali kelgan tovarlarga taalluqli emas, yaʼni jismoniy şaxslar har çorakda 1000 dollarlik tovarlarni sotib olişi mumkin böladi.

Bundan taşqari, yangi telefonlarni olib kirişda majburiy deklaratsiya joriy etilmoqda. Bunda telefonlarni olib kiruvçi fuqarolar “qizil” yölak böylab çegaradan ötib, bojxonaçilar orqali deklaratsiya töldirişi kerak böladi. 

Şuningdek, norezidentlarga tegişli mobil qurilmalar IMEI–kodlarining kulrang röyxatda böliş muddati 30 kalendar kunidan 60 kalendar kuniga uzaytiriladi.

Maʼlumot uçun, hukumatning 2018 yil 22 iyundagi qarori bilan maişiy texnika, telefonlar va boşqa tovarlarning umumiy qiymatiga qarab boj tölanmaydigan normalari belgilangan. Unga köra, jismoniy şaxslar har 6 oyda faqat bitta telefon apparati, şu jumladan, qöl telefonini bojsiz olib kirişlari mumkin edi. Endilikda bu tartib özgarmoqda.


×