Lukaşenko: "Saylovni qaytadan ötkaziş? Meni öldirişingizga töğri keladi"

Lukaşenko: "Saylovni qaytadan ötkaziş? Meni öldirişingizga töğri keladi"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Minskdagi traktor zavodi (MZKT) işçilari bilan muloqoti çoğida prezidentlik saylovi boşqa ötkazilmasligini aytdi, deb xabar bermoqda Sputnik Belarus.

 "Bosim ostida nimadir qilişimni aslo kutmang. Boşqa saylov bölmaydi. Çunki na MZKT, na MAZ, na BELAZ qoladi, yarim yil içida hammasini yöq qilamiz",- dedi Lukaşenko.

Agentlikning maʼlumot berişiça, Lukaşenko hozirda mamlakat konstitutsiyasiga hukumat vakolatlarini taqsimlaş közda tutilgan özgartirişlar kiritiş ustida iş olib borilayotganini maʼlum qildi.

Lukaşenko prezidentlik vakolatlarini bölişişga tayyorligini aytdi.

"Ammo bosim ostida va köça orqali emas", - deb qöşib qöydi u.

9 avgust kuni respublikada bölib ötgan prezident saylovlaridan keyin aholi ommaviy norozilik namoyişlariga çiqa boşladi. Dastlabki kunlarda namoyişçilar kuçişlatar tuzilmalarning qattiq qarşiligiga duç keldi. Namoyişçilarga qarşi yengil granatalar, rezina öqlar, suv töplari işlatildi va öqotar qurollardan foydalanildi. Bir neça kun içida 7000dan ortiq odam qölga olindi.

×