Muharram oyi – hijriy-qamariy yilning birinçi oyi bölib, u harom oy bölişidan taşqari, xalq tilida uning öninçi kuniga işora qilinib, Aşuro oyi ham deyiladi. Mazkur oyning 10-kuni – Aşuro kuni deyiladi va Islom dinida bu kunni, undan oldingi va keyingi bir kunni qöşgan holda kunduzi röza tutiş bilan ötkaziş, Aşuro kunida oilasiga kengçilik qiliş mustahab amal hisoblanadi.
Ahli sunna val jamoa mazhabida bu kunda röza tutiş, oilasiga kengçilik qiliş tavsiya etiladi. Imom Buxoriy özlarining «Sahih»larida, Abdulloh ibn Abbos roziallohu anhudan keltiradilar:
«Rasululloh alayhissolatu vassalom Madinaga hijrat qilganlarida bu yerda istiqomat qiluvçi Bani Isroilning röza tutayotganini, xursandçilik qilayotganlarini kördilar-da, ulardan söradilar: bu qanday kun? Ular aytdilarki, Alloh Musoga qavmi bilan birga Firʼavn zulmidan najot bergan kun. Şunda Rasululloh alayhissalom: «Men Musoga sizlardan köra haqliroqman», – dedilar-da, özlari ham röza tutib, sahobalarga ham röza tutişni buyurdilar.
Albatta, bu Ramazon oyi rözasi hali farz qilinmagan vaqtda bölgan. Ramazon rözasi hijratning ikkinçi yilida farz qilingan, şundan söng Aşuro kunida röza tutiş ixtiyoriy böldi. Şu bilan birga, Payğambarimiz alayhissalom Madinada qança vaqt turgan bölsalar, yaʼni 9 yil Aşuro kuni rözasini tutganlar, oxirgi yili kelasi yili Aşuro kuniga yana bir kun qöşib röza tutişlarini aytganlar, ammo bu nasib etmagan.
Bu borada imom Muslimdan rivoyat qilingan hadisni ham eslab ötiş joiz. Rasululloh alayhissalom: «Aşuro kunining rözasi ötgan va kelgusi yil gunohlariga kafforot böladi, deb umid qilaman», – deganlar. Albatta, bunda kabiyr (katta) gunohlar emas, sağiyro (kiçik) gunohlar haqida söz ketmoqda. Çunki gunohi kabiralarga alohida tavba ham lozim.
Şunga binoan, ulamolar nazdida, Ramazon oyidan keyin Muharram oyining 9-10-kunlari, 10-11- kunlari rözasini tutiş mustaham amal hisoblanadi.
Aşuro kunida oilasiga kengçilik qiliş haqida
Aşuro kunining yana bir xislati – bu kunda ahli ayoli, farzandlariga kengçilik qiliş, kiyim-keçak, uyga jihozlar olib beriş, ularni xursand qiliş ham kiradi. Tört mazhab ulamolari oilasiga rözğor qilib berişni mustahab deganlar va bir qança dalillarni keltiradilar. Jumladan, hazrati Abdullohdan qilingan rivoyatlarni keltiradilar:
«Aşuro kuni kim oila ahliga rözğorini keng qilib bersa, Alloh taolo yilning qolgan qismida unga kengçilik beradi», – deganlar Rasululloh sollallohu alayhi vassallam.
Katta sahobalardan Jobir ibn Abdulloh roziallohu anhu, mana şu hadisga muvofiq, Aşuro kuni oilasiga kengçilik qilişni tajriba qilib körganliklarini aytganlar. Sufyon ibn Uyayna 40-50 yil tajriba qilganlarini aytadilar.
Aşuro kuni rözasining qazosi yöq
Abdulloh ibn Abbos, imomi Zuhriy, Abu Ishoq Sabiiylar, musofirçilikda ham Aşuro kuni rözasini tutganliklari rivoyat qilinadi. Ulardan buning sababini söraşganida, Ramazon rözasining qazosini tutiş mumkin, ammo Aşuro kuni rözasining qazosi yöq, şu bois bu kunning fazilatidan istifoda qiliş maqsadida safarda töğri kelib qolsa, uning rözasini tutamiz, deb javob berganlar.
Aşuro kunida maxsus ibodat yoki duo yöq
Şariatning hurmati barça narsadan ustun turadi. Muharram oyi va Aşuro kuniga doir yuqoridagi 2ta tavsiyani qamrab olsak kifoya. 10 yoki 100 rakat namoz öqiş, har rakatda 10 marta Ixlos surasini öqiş, közga surma qöyiş kerak ekan, degan gaplar yöq va bularning barçasi bidʼat-xurofotlar hisoblanadi.
Toşkent şahridagi “Bodomzor” jome masjidi imom xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Aşuro kuni rözasi, ahli ayoliga kengçilik qiliş va bu kunga xos ibodat mavjud emasligi haqidagi maʼlumotlarni sözlab berdi.









