Bu yil oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlari pandemiya sababli oçiq maydonlarda ötkazildi. Özbekiston iqlimi çangli bölgani sababli javoblar varaqasini tekşirişda bir munça qiyinçiliklar kelib çiqqan. Şu sababli 24 sentyabrga qadar javoblari varaqasi yana bir marta qaytadan körib çiqiladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori örinbosari Sardor Rajabov maʼlum qildi.
“Bu yil talaba böliş istagidagi abituriyentlar soni ikki barobar oşdi. Test natijalarini tekşirişda xodimlarga ikki hissa qöşimça qiyinçilik paydo böldi.
Özbekiston iqlimi çangli bölgani sababli, javoblar varaqasining ustki qismi çang holatda kelgan. Şu sababli tekşiriş jarayonida skaynerlar işlamay qolgan holatlar ham kuzatildi. Tekşiriş jarayonida skaynerni qayta tozalab işlatildi”, deydi Sardor Rajabov.
Maʼlum bölişiça, hozirda eʼlon qilingan natijalar oxirgi natijalar emas. Oxirgi natijalar eʼlon qilingunga qadar yopiq rejimda işlayotgan mutaxassislar tomonidan har biri javoblar varaqasi qaytadan körib çiqiladi. Bu jarayonda kimningdir bali pasayişi yoki kötarilişi mumkin. Keyingina Davlat kommisiyasiga kiritiladi.
Maʼlumot örnida, kiriş test sinovlariga kiriş paytida tana harorati 37 darajadan yuqoriligi sababli çetlaştirilgan abituriyentlar uçun 17 sentyabr kuni test sinovlari qaytadan ötkaziladi.
Manba: Qalampir.uz









