Meni yöq qilişga urinayotgan kanallar bor – Ronaldu

Meni yöq qilişga urinayotgan kanallar bor – Ronaldu

Portugaliya terma jamoasi sardori Kriştianu Ronaldu tanqidlarga munosabat bildirib, ularga eʼtibor bermasligini aytdi. Futbolçi tanqidçilarning hujumlarini miltiqdan otilgan öqqa qiyosladi. Bu haqda “Record” xabar berdi.

“Men 100 foiz oçiq gapira olmayman... Siyosiy jihatdan töğri bölişim kerak. Odatda, doim meni juda yaxşi qabul qilişlarini aytaman, ammo bu yil boşqaça iliqlikni his qildim. Meni yöq qilişga urinayotgan kanallar borligini tuşunaman, lekin bu faqat miltiq bilan qilingan hujum. Şunda ham men öqdan qoçaman”, deydi Ronaldu.

Hujumçi tanqidlarga allaqaçon könikib qolganini ham taʼkidlagan.


Odamlar meni yoqtirmasligiga allaqaçon örganib qolganman va buni nazorat qila olmayman. Olti kişi meni yoqtirmasa, bu menga taʼsir qilmaydi”, deydi futbolçi.

41 yoşli Ronaldu bugun, 24 sentyabr kuni Uelsga qarşi Millatlar ligasi uçraşuvida Portugaliya terma jamoasi safida maydonga tuşişi kutilmoqda. Futbolçi, şuningdek, köpçilik uni terma jamoadan ketişini istaşini aytdi. Biroq uning motivatsiyasi faoliyatini davom ettirişini xohlayotgan muxlislardan kelayotganini taʼkidladi.

Maʼlumot uçun, Ronaldu 2003 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi safida öynab kelmoqda va milliy jamoa tarixidagi eng yaxşi töpurar hisoblanadi. U terma jamoa safida 146 ta gol urgan. Ronaldu 2016 yilda Yevropa çempionatida, şuningdek, 2019 va 2025 yillarda Millatlar ligasida ğolib çiqqan.


Teglar:
×