Ötgan noyabr oyida Xitoy boş vazirining örinbosari Van Yanning iştirokida diniy konfessiyalar vakillari iştirokida simpozium ötkazilgan. Unda Xitoydagi dinlar xitoy madaniyati va Kommunistik partiya doktrinalariga mos ravişda talqin etilişi zarurligi taʼkidlangan.
Le Figaro naşrining yozişiça, Xitoy hukumati asosiy diniy matnlar “yangi davr talablariga” muvofiq bölişi kerakligini aytib, buning uçun diniy matnlarning tarjimalariga qöşimçalar kiritişni talab qilgan.
“Diniy adabiyotlarni har tomonlama baholaş va kerak bölsa, mos kelmaydigan matnlarni özgartiriş va ularni qaytadan tarjima qiliş zarur”, – deyiladi simpoziumning rasmiy “Sinxua” agentligi eʼlon qilgan hisobotida.
Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Ren Yanlining fikriça, mazkur simpozium Xitoy hukumatining dinlar ustidan nazorati tobora qatʼiylaşayotganini körsatadi. “Biroq Qurʼon va Injil kabi diniy matnlarga aralaşişga uriniş ilk bor kuzatilmoqda”, – deydi u.









