AOKA huzuridagi ştabda bölib ötgan brifingda Koronavirusga qarşi kuraş ştabi aʼzosi Barno Abdusamatova karantin hali tugamagani haqida maʼlum qildi.
“15 avgustdan boşlab mamlakatda karantin çeklovlari yengillaştirildi. Bu iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda barqaror faoliyatni taʼminlaş, şuningdek, aholi turmuş şaroitlarini yengillatiş uçun zarur edi.
Karantin çeklovlarini yengillatiş u bekor qilinganini anglatmaydi.
Koronavirus infektsiyasi epidemiyasining oldini oliş maqsadida Respublika maxsus komissiyasi va Soğliqni saqlaş vazirligi fuqarolarni individual himoya çoralariga qatʼiy rioya qilişda davom etişga çaqiradi. Jumladan:
Jamoat joylarida albatta niqob taqiş;
Ijtimoiy masofa saqlaş;
Muntazam qöllarni yuviş va antiseptik vositalardan foydalaniş.
Şu kunlarda Respublika maxsus komissiyasi yuqorida taʼkidlangan qoidalarga rioya qilmaslik kasallik sonining takror oşişiga olib kelişi mumkinligini maʼlum qildi. Bu esa öz navbatida qatʼiy karantin çeklovlarini qayta joriy etişga sabab bölişi mumkin”, – deydi Barno Abdusamatova.









