Rossiyadagi ayrim kasalxonalarda karantin joriy etildi

Rossiyadagi ayrim kasalxonalarda karantin joriy etildi

Rossiyada ölatga qarşi kuraşiş instituti xodimi vafot etganidan söng Irkutsk viloyatidagi şifoxonalarda karantin joriy etildi. Bu haqda “Lyudi Baykala” naşriga tayanib Deutsche Welle xabar berdi.

Rasmiylar marhumada “kasbiy faoliyati bilan boğliq mikroorganizmlar aniqlanmagani”ni aytmoqda. Şu bilan birga, 1, 3 va 10-sonli şahar klinik şifoxonalari, tuğuruqxona va Ivano-Matreninsk bolalar klinik şifoxonasi karantinga yopilgan. Bundan taşqari, Şelexov şahridagi Irkutsk alyuminiy zavodida (IrkAZ) niqob taqiş rejimi joriy etilgan.

2 oktyabrga ötar keçasi Irkutskda ölatga qarşi kuraşiş instituti laboratoriyasi xodimi, 28 yoşli Darya Şipilova vafot etdi. Uning ölimi sababi rasman eʼlon qilinmagan. “Rospotrebnadzor” bemorda “kelib çiqişi nomaʼlum pnevmoniya” bölganini maʼlum qilgan. Idora xodimaning lavozimi va ismini oçiqlamagan, faqat uning institutda işlaganini bildirgan. Qöşni Buryatiya rahbari Aleksey Tsidenov esa uning ölimiga ölat sabab bölganini aytgan.

Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev 2 oktyabr kuni Rossiyaning boş davlat sanitariya vraçi Anna Popova iştirokida viloyat sanitariya va epidemiyaga qarşi komissiyasining navbatdan taşqari yiğilişi ötkazilganini aytdi. U bunga viloyat aholisidan birida “öta xavfli infektsiya” aniqlangani ehtimolini sabab qilib keltirgan. Biroq gubernator infeksiyani keltirib çiqaruvçi mikroorganizm nomini oçiqlamagan.

Kobzevning sözlariga köra, epidemiyaga qarşi barça zarur çoralar körilmoqda. Yaqin aloqada bölgani aniqlangan barça şaxslar esa tibbiy kuzatuvga olingan.


Teglar:
×