Avvalroq, Özbekistonda ham COVID-19 koronavirusning yangi “britança” ştammi aniqlangani, Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahridan qaytgan oilaning 10 yaşar qizida uşbu virus qayd etilgani haqida xabar bergan edik.
Hozirgi köpçilikni bir savol öylantiryapti, taşvişga solyapti: Özbekistonga yana kuçaytirilgan karantin qaytadimi? Uşbu savol bilan QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Nurmat Otabekovga yuzlandi.
“Aynan hozirgi holat böyiça karantin qaytişiga umuman asos yöq, deb hisoblaymiz. Lekin agar biz haddan ortiq xotirjamlikka beriladigan bölsak, hammamiz Özbekistonni taşlab, çet davlatlarda sayr qilişni boşlaydigan bölsak, kasallikni katta miqdorda olib kelişni taʼminlaydigan bölsak, u holda bu kabi çeklovlar örnatilişiga asos bölişi mumkin.
Lekin biz bir narsani anglab yetişimiz kerak: qaçonki xalqimiz mutaxassislarning tavsiyalariga töğri itoat qilgan holda hayot tarzini tutsalar, şakllantirsalar, demak biz jiddiy çeklov yoki karantin tadbirlariga röpara kelmaymiz.
Dunyo hamjamiyatida köryapsizlar, baʼzi davlatlar çeklov tadbirlarini kuçaytiryapti. Baʼzilar esa bir munça yumşatyapti. Demak, bundan körinib turibdiki, vaziyatga qarab xulosa qilinadi. Hozir esa bunday xulosa qiliş uçun heç qanday asosni körmayapman”, deydi Otabekov.
Maʼlumot örnida, Soğliqni saqlaş vazirligidan xabar qilinişiça, koronavirusning “britança” ştammi aniqlangan 10 yaşar qizaloqning umumiy ahvoli yaxşiligi bois, uy şaroitida izolyatsiyaga ruxsat berilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirus bilan boğliq karantin çoralari 2020 yilning 16 martidan eʼlon qilingan edi. Bu orada mamlakatda ikki marta kuçaytirilgan karantin tadbirlar hukm surdi. Sönggi bor kuçaytirilgan karantin çeklovlari 10 iyuldan 15 avgustgaça davom etdi. Sentyabr oyiga kelib, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan birin-ketin örnatilgan çeklovlar olib taşlandi. Ayni vaqtda niqob taqiş, qöllarni yuviş va dezinfektsiya vositalaridan foydalaniş, ijtimoiy masofa saqlaş, köpçilik bölib töplanmaslik, 30 kişidan ortiq oilaviy tadbirlar ötkazmaslik asosiy karantin qoidasi bölib qolmoqda.
Şuningdek, joriy yilning 25 dekabridan boşlab xorijdan kirib kelayotgan fuqarolar mamlakat xalqaro aeroportlarida antigen testini topşirişi majburiy etib belgilandi. 21 dekabrdan 2021 yilning 10 yanvarigaça Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kiriş, çiqiş va tranzit reyslar orqali respublikaga kiriş) töxtatildi.
Manba: Qalampir.uz









