Özbekistonda Rossiyadagidek lokdaun eʼlon qilinmaydi. Bu haqda bugun, 23 oktyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği Bahodir Yusupaliyev maʼlum qildi.
“Bugungi kunda heç qanaqa lokdaun haqida gap bölişi mumkin emas va barça harakatlar şunga qaratilgan. Şu kunlarda Rossiya Federatsiyasida kasallaniş holatlari kötarilgani yurtimizda ham kasallaniş darajasi oşişi ehtimolini paydo qiladi. Lekin bizning çegaralarda nazorat har qaçongidan ham kuçaytirilgan bölib, yurtimizga 72 soatlik PTSR testi topşirilgan holdagina çetdan kiriş mumkin. Bordi-yu, fuqarolarda test bölmaganda, çegarada ekspress-test topşiriladi”, deydi Bahodir Yusupaliyev.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliğining taʼkidlaşiça, lokdaun holatining oldini olişning yana bir yöli jamoaviy immunitetni şakllantirişdir. Buning eng samarali usuli ommaviy emlaş hisoblanadi.
“Agar biz aholining kamida 60 foizini emlay olsak, jamoaviy immunitetni şakllantirgan bölamiz. Şunda bizga heç qanday lokdaun xavf sola olmaydi. Hozirga kelib, emlanişi lozim bölgan 21 million nafardan oşiq aholining 13 million nafari birinçi doza vaktsinalarini olib ulgurdi”, degan Bahodir Yusupaliyev.
Eslatib ötamiz, ayni kungaça mamlakatda jami 24 909 801 doza vaktsinadan foydalanilgan. Emlaş jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaktsina 34 951 358 dozani taşkil qilmoqda.









