Özbekistonda qattiq karantin nega joriy etilmayotgani aytildi

Özbekistonda qattiq karantin nega joriy etilmayotgani aytildi

AOKAda «COVID-19»ga qarşi vaktsinalarning aholi salomatligiga taʼsiriga bağişlangan matbuot anjumani ötkazilayotgani xabar qilingandi.

Unda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari örinbosari Nurmat Otabekov mamlakatimiz hududida nima sababdan qattiq karantin çoralari örnatilmayotgani böyiça izoh berdi.

«Aholi örtasida mamlakatimizda qattiq karantin çoralari örnatilmayotgani yuzasidan ayrim eʼtirozlar kelib çiqmoqda. Şu örinda aytişim mumkinki, mamlakatimiz aholisining iqtisodiy holatini hisobga olib hamda pandemiya holatida ham iş jarayonini töxtatmaslik uçun ayrim çeklovlarga qöllagan holda qattiq karantin örnatilmayapti. Albatta, bu eʼtiborsiz böliş kerak degani emas. Pandemik holat hali yumşaganiça yöq», — deydi Otabekov.

Şuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari örinbosari 14 ta emalanişi lozim bölgan aholi toifasining vaktsinatsiyasiga ham töxtalib ötdi. Vaktsinatsiyadan ötkazilişi şart bölgan 14 ta aholi toifasi emlanmas ekan, öz işlari bilan şuğillanmasliklari kerak, deydi Nurmat Otabekov.

×