Özbekiston Rossiya vaktsinasini qaçon sotib oladi?

Özbekiston Rossiya vaktsinasini qaçon sotib oladi?

AOKA huzuridagi ştabda Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi aʼzosi Barno Abdusamatova iştirokida brifing ötkazildi.

Brifingda koronavirus infektsiyasi bilan boğliq savol va murojaatlar yuzasidan javob berildi.

— Rossiya davlati bilan vaktsinani olib keliş  böyiça işlar olib borilyaptimi? Özbekistonda ham vaktsinani işlab çiqiş mumkinmi?

— Hozirgi kunda Prezidentimiz topşiriqlariga binoan, vaktsinani xarid qiliş va mamlakatimiz aholisini emlaşni amalga oşiriş yöllarini örganib çiqiş maqsadida yetakçi olimlar va tajribali şifokorlardan iborat işçi guruhi tuzilgan.

COVID-19 vaktsinasining klinik sinovlarining  barça bosqiçi yakunlanmaguniça mamlakat uni sotib ololmaydi.

Vaktsina sinovlarining barça bosqiçlari ötganidan keyingina xalqaro sertifikatlaştiriş amalga oşiriladi.

U qaysi davlat yoki laboratoriya böladi, bu hozirça nomaʼlum.

Koronovirusga qarşi işlab çikarilgan vaktsinalarni har tomonlama örganib, Özbekistonda işlatiş böyiça işçi guruh xulosa bersa vaktsinani olib keliş, işlatiş tartiblari va muddatlari belgilanadi.

Özbekistonda vaktsina  işlab çiqiş masalasi neçoğlik axamiyatli. Vaqt kutib  turmaydi. Vaktsinani işlab çiqariş, uni klinik sinovlardan ötkaziş uçun vaqt talab qilinadi. Uni Özbekistonda işlab çiqargandan köra, tayer vaktsinani işlatgan maʼqul.

Avvalroq, TTA rektori, professor Laziz Töyçiyev "Xalq sözi" gazetasiga bergan intervyusida Rossiyada işlab çiqarilgan koronavirusga qarşi vaktsina respublikamizda 2021 yildan oldin qöllanilmasligini maʼlum qilgan.

Rossiya Soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşkoga köra, vaktsina ikkita maydonda – Gamalei markazi va "Binnofarm" zavodi tomonidan işlab çiqariladi.

Keyinroq RFPI rahbari Kirill Dmitriyev Fond vaktsinani yiliga 500 mln doza işlab çiqariş quvvatiga ega bölgan 5 ta mamlakat bilan şartnoma imzolagan.

×