Rossiyaning qator viloyatlaridagi davlat kutubxonalari AQŞ Prezidenti Donald Trampning va u haqidagi kitoblarni xarid qilişni boşladi. Bu haqda davlat xaridlari portalida çop etilgan buyurtma raqamlariga tayanib, 21 may kuni “Moskovskiy komsomolets” gazetasi xabar berdi.
Jurnalistlar Çelyabinsk viloyati Magnitogorsk şahar kutubxonalari assotsiatsiyasining Trampning “Çempion kabi öyla. Magnatning hayot va biznes haqidagi qaraşlari” kitobini va Boyqönğir kutubxonaçilari esa “ Bitim sanʼati” kitobini buyurtma berganini aniqladi.
Bundan taşqari, kutubxonalar rossiyalik mualliflarning Amerika Prezidenti haqidagi kitoblariga buyurtma bermoqda.
Masalan, Irkutsk viloyatining Sayansk şahridan Aleksandr Nemirovning “Donald Tramp. Öziga xos begona” tarjimai holi, Çelyabinskdan – Igor Prokopenkoning “Qarama-qarşi rahbarning portreti” kitobi uçun sörov kelib tuşgan. Şunga öxşaş buyurtmalar Noviy Urengoy, Yakutiyaning Namskiy Ulus va Tver viloyatining Bejetsk şahridan olingan.
Kutubxonalar tuşuntirişiça, Tramp 2024 yil noyabrida prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonganidan söng u yozgan kitoblar va uning tarjimai holiga qiziqiş ortgan.









