Peskov Rossiya qaçon uruşni töxtatişini maʼlum qildi

Peskov Rossiya qaçon uruşni töxtatişini maʼlum qildi

Rossiya Ukrainadan harbiy faoliyatini töxtatişni, konstitutsiyaviy ravişda neytral maqomini röyxatdan ötkazişni, Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olişni, şuningdek, Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini talab qilmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 7 mart kuni “Reuters” agentligiga bergan intervyusida aytib ötdi va bu holatda Rossiya Federatsiyasining harbiy amaliyoti istalgan vaqtda töxtatilişi mumkinligini taʼkidladi. 

“Ular öz konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritib, Ukraina har qanday blokka qöşiliş maqsadini rad etişi kerak. Biz Qrim Rossiya hududi ekani, Donetsk va Luganskni mustaqil davlat sifatida tan olişlari haqida ham gapiryapmiz. Hammasi şu. U [uruş] istalgan vaqtda töxtaşi mumkin”, deydi Peskov materialni ingliz tilida çop etgan agentlikka bergan izohida. 

Peskovning qayd etişiça, uşbu takliflar Kiyevga ham yetkazilgan va agar ular talablarni bajarsa, qurolli hujum istalgan vaqtda töxtaydi. 

Kreml vakili Rossiya Kiyevga yangi hududiy talablar qöyiş niyatida emasligini bildirgan.

“Biz haqiqatda Ukrainani demilitarizatsiya qilişni yakunlaymiz. Biz uni yakunlaymiz. Lekin eng muhimi, Ukraina harbiy harakatlarini yakunlaşi kerak. Ular harbiy harakatlarini yakunlaşlari şart, keyin esa heç kim öq uzmaydi”, deya qöşimça qilgan Peskov.

×