Ayni daqiqalarda Prezident Şavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yiğilişi ötkazmoqda. Tadbirda bugun Özbekiston böylab koronavirus pandemiyasini jilovlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar çuqur tahlil qilinmoqda.
Jumladan, oxirgi paytda dunyoda COVID-19 infektsiyasining tarqalişi keskin tezlaşib, jami kasallar soni 19 millionga yaqinlaşgani, qurbonlar ham köpaygani afsus bilan taʼkidlandi. Vaziyat ğoyat jiddiyligini 31 iyulda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti pandemiya bilan boğliq xalqaro favqulodda holatni yana 3 oyga uzaytirgani ham körsatib turibdi.
Mamlakatda oxirgi bir haftada 5 mingdan ortiq yangi kasal aniqlanib, jami virus yuqtirganlar soni 27 mingtaga yaqinlaşdi. Eng yomoni, koranovirusga qöşimça tarzda, asorati oğirroq bölgan pnevmoniya holatlari ham köpaymoqda.
Uşbu holatni inobatga olib, qöşimça çoralar körildi. Jumladan, oxirgi 20 kunda koronavirusni davolaş örinlari 3,5 barobarga köpaytirildi va qariyb 65 mingtaga yetkazildi.
Joylarga qöşimça ravişda qariyb 800 ta tez tibbiy yordam maşinalari yetkazib berildi.
Qöşimça 4 mingta nafas beriş uskunalari (ÖSV, portativ sunʼiy nafas beriş apparati, kislorod kontsentratori) olib kelinib, ularning soni 6,5 mingtaga yetdi.

"Aholi örtasida virus tarqalişining oldini oliş va bemorlarni davolaş böyiça olib borilayotgan tizimli işlarni yanada kuçaytirgan holda davom ettirişimiz zarur", dedi davlat rahbari.
Xususan, Soğliqni saqlaş vazirligi, hokimlar va sektorlar rahbarlari koronavirus va pnevmoniyani davolaş böyiça har tomonlama tayyor bölişi, har bir bemorga kerakli tibbiy yordam körsatilişi, ularning holatidan kelib çiqib şifoxonaga yotqizilişi va davolanişi uçun şaxsan javobgar bölişi qayd etildi.
Joylardagi birlamçi tibbiy xizmat körsatiş tizimi işini yanada jonlantiriş kerakligi taʼkidlandi.
Misol uçun, poytaxtda “oilaviy poliklinika – mobil brigadalar – maxsus poliklinikalar – “103” tez yordam xizmati” tizimining uzviy işlaşini taʼminlaş hisobiga bir haftada soğayganlar uluşini 45 foizdan 58 foizga oşirişga erişildi.
Şu munosabat bilan, Boş vazir örinbosari Behzod Musayevga hokimliklar va sektor rahbarlari bilan birga bir hafta muddatda “Toşkent şahri tajribasi” negizida hududlarda simptomsiz bemorlarni öz uyida mobil tibbiy guruhlar yordamida ularning kömak va tavsiyalari asosida davolaş tizimining joriy etilişini yakunlaş vazifasi yuklatildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, hududlarda COVID-19ga çalinganlarni qabul qiliş va saralaş böyiça markazlarni taşkil etgan holda, kiçik şifoxonalarni öz profiliga muvofiq boşqa turdagi va surunkali kasallarni davolaşga qaytariş lozimligini aytdi.
"Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari hududlarga Toşkentdan biriktirilgan ixtisoslaştirilgan markazlar va oliy taʼlim muassasalari rahbarlari işini yanada samarali taşkil etişlariga har tomonlama kömaklaşişlari kerak", dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şavkat Mirziyoyev taʼkidlanidek, har bir oğir bemorni davolaş taktikasi böyiça mamlakatdagi va xorijdagi malakali mutaxassislar bilan videoaloqa orqali maslahat beriş tizimini muntazam ravişda unumli işlatiş maqsadga muvofiq.
Maʼlumki, bugun qator mamlakatlar soğliqni saqlaş va farmatsevtika tizimlarida koronavirus davosini topiş yölida tinimsiz izlanişlar olib borilmoqda. Misol uçun, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalari yaqin vaqt içida vaktsina işlab çiqarişni boşlaşi haqida xabar qilinyapti.
Boş vazir örinbosari Behzod Musayevga bir hafta muddatda yetakçi olimlar va tajribali şifokorlar bilan maslahatlaşgan holda, vaktsinani xarid qiliş va aholini vaktsinatsiyasini amalga oşiriş yöllarini puxta örganib çiqiş topşiriği berildi.
Kasallikning oldini oliş, koronavirusga şubha bölgan fuqarolarni şifoxonalarga yetkaziş, karantin talablarini tuşuntiriş va bu jarayonda jamoatçilik nazoratini amalga oşirişda joylarda mahalla idoralarining iştirokini keskin kuçaytiriş kerakligi uqtirildi. Çunki odamlar turli xil masalalarda birinçi navbatda mahallaga murojaat qilişga örgangan.
"Respublika böyiça 9 ming 150 ta mahallada qariyb 40 ming odam byudjetdan oylik olib işlaydi. Ularning oyliklarini ham joriy yilda qariyb 1,5 barobarga oşirib berdik. Şunday oğir şaroitda nima uçun ular çetda turişlari kerak? Öz aholisining ahvolidan yaxşi xabardor bölgan, qaysi xonadonda qanday bemor borligini, kimning yaşaş şaroiti qandayligini, kim yordamga, kim vraçga muhtojligini ulardan yaxşi biladigan boşqa odamning özi yöq pastki tizimda", deya taʼkidladi Prezident.
Buning uçun hokimlar va sektorlar rahbarlari har bir mahallada mahalla raislari, profilaktika inspektori va boşqa xodimlar, mahalla faollari va nuroniylar, mahallalarga biriktirilgan tibbiyot muassasalari xodimlarini birlaştirib, öz hududidagi aholi, ayniqsa keksalar holidan kuniga xabar oliş, koronavirusga şubha bölgan va kasallikka çalinganlarni tez tibbiy yordam xizmati va şifokorlar bilan boğlaşni taşkil etişga boş-qoş bölişlari şartligi tayinlandi.
Şuningdek, ular yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat, uyda davolanişga tavsiya qilingan bemorlarga dori-darmon yetkazib beriş işlarida faol iştirok etişlari lozim.
"Bunga qöşimça ravişda, ular mahalla hududida aholining zarurat bölmasa köçaga çiqmasligi va töplanmasligi, tibbiy maska taqib yurişi va ijtimoiy masofani saqlaşi, töy va tadbirlarni vaqtinça ötkazmasligi kabi majburiy talablarni doimiy tuşuntirişi va jamoatçilik nazoratini amalga oşirişlari şart va zarur", dedi Prezident Şavkat Mirziyoyev.









