Peskov Rossiya Ukrainadan qaçon armiyasini olib çiqişini aytdi

Peskov Rossiya Ukrainadan qaçon armiyasini olib çiqişini aytdi

Yil oxirigaça Rossiya qöşinlarining Ukrainadan olib çiqilişi haqida gap bölişi mumkin emas. Bu haqda bugun, 13 dekabr kuni jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi. 

“Bu haqda gap bölişi mumkin emas”, deydi Kreml vakili Rossiya Federatsiyasi Ukrainadan qöşinlarini 2022 yil oxirigaça olib çiqişni boşlaş imkoniyatini körib çiqyaptimi, degan savolga javob berar ekan. 

Uning taʼkidlaşiça, tinçlikka erişiş uçun Rossiyaga yangi hududlarning kirib kelişining yangi haqiqatlarini hisobga oliş kerak. 

“Ukraina tomoni şu vaqt içida yuzaga kelgan voqelikni hisobga olişi kerak. Bu voqeliklar Rossiya Federatsiyasining yangi subʼektlari mavjudligidan dalolat beradi, ular uşbu hududlarda bölib ötgan referendumlar natijasida paydo bölgan”, deya taʼkidladi Kreml vakili. 

Uning işonçi komilki, yangi voqeliklarni hisobga olmasdan turib, [kelişuv böyiça] biron-bir muvaffaqiyatga erişib bölmaydi. 

Rossiya-Ukraina uruşi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina şarqidagi özini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan oliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni şu nomdagi viloyatlar çegarasida tan olganini taʼkidlab, Ukrainaga qarşi uruş xavfini oşirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQŞ, YEI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarşi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina şarqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boşlaganini eʼlon qildi va rus qöşinlari Ukrainaga hujum boşladi. Putin bu harakatini Ukraina şarqidagi rossiyaparast separatist kuçlar rahbarlari şunday sörov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid uruş kerak emas”ligini, ukrainlar hujumçilarni kutib olişga tayyorligini bildirgandi. Köp ötmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʼlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʼlon qildi. Armiyaga çaqiruv mamlakatning qator viloyat va şaharlarida amalga oşirilişi belgilandi.

Rus qöşinlari hozirgaça Ukrainaga şimol, şarq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallaşga erişdi. Ammo bu uruş Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolişiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boşlanişi Rossiya iqtisodiga oğir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlaşdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayiş bilan ötdi. Gazprom, LUKOYL va boşqa yirik kompaniyalar yöqotişlarga uçradi.

Hujum boşlangaç, Yevropa davlatlari va AQŞ Rossiyaga qarşi bir neça bosqiçli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQŞ va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQŞ, Kanada Rossiya uçun öz havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Şveytsariya ham qöşildi. Uruş fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi aʼzoligiga qabul qiliş jarayoni tezlaşdi.

Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi, Lugansk xalq respublikasi, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirişi böyiça noqonuniy referendumlar 2022 yil 23-27 sentyabr kunlari bölib ötdi. Moskvaga köra, saylov byulletenlarini qayta işlaş natijalariga köra, DXRda Rossiya Federatsiyasiga qöşiliş uçun 99,23%, LXRda – 98,42%, Xerson viloyatida – 87,05%, Zaporoje viloyatida – 93,11% ovoz berilgan. 30 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarida ötkazilgan psevdoreferendumlar yakunlari böyiça nutq sözladi, şundan söng hududlar rahbarlari bilan Rossiya tarkibiga kiriş töğrisida bitimlar imzolandi. 


Manba: Qalampir.uz

×