Bir tomonlama buzilgan 159 betdan iborat «Umumiy qöşma tadbirlar rejasi» (JCPOA) kelişuvi amalda saqlanib qolişi röyoga aylanmoqda. Amerika hukumat uşbu hujjatni imzolagan Frantsiya, Buyuk Britaniya va Germaniyani ham kelişuvdan çiqişga daʼvat etmoqda. Şunga qaramay, AQŞ Yevropadagi eng işonçli hamkori — Buyuk Britaniyani ham bu şartga köndirolmayapti.
15 iyul kuni Bryusselda yiğilgan Yevropa Taşqi işlar vazirlari JCPOA kelişuvidan çiqmaslik böyiça iroda körsatişdi. Ularning fikriça, kelişuvdan taşqari Eron uranni boyitiş işlarini 3,67 foizga jadallaştirgani hozirgaça yöl qöyilgan katta xato emas.Yevroittifoqning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini Vaşington va Tehronni kelişuv şartlariga rioya qilişga çaqirgan.
Şunga muvofiq, Frantsiya Prezidenti Makronning taşqi siyosiy masalalar böyiça maslahatçisi Emmanyuel Bonne Tehronda bölib, qaltis qarorlar qabul qilmaslikni maslahat bergan. Frantsuzlar yetakçisi Belgradda ham Vaşington va Tehron rasmiylari bilan muzokara ötkazib, mavjud ziddiyatni yumşatişini bildirgandi. Bundan taşqari, u Rossiya Prezidenti bilan muloqot qilişni rejalaştirmoqda.
AQŞ qopqoni

Kelişuv bir tomonlama buzilganidan söng, Eron belgilangan şart va qoidani buzmaslikka harakat qildi. Sodda qilib bayon qilganda, u munosib javob qaytarişga şoşilmadi. U xalqaro maydon va keng jamoatçilik köz öngida jabrlanuvçi qiyofasiga kirdi. Şunga qaramay, rasmiy Tehron egallab turgan pozitsiya va reytingidan birdan voz keçib, Hurmuz böğozida British Heritage tankerini töxtatişga urinişi bilan atrofdagilarni öylantirib qöydi.
Provokatsiya va tahdidlarga javob qaytariş vaqti keldimi, yo Eron özini tiyib turişdan çarçadimi, bu hali nomaʼlum. Aslida Hurmuzda bölgan iş Gibraltar böğozida Eronning Grace 1 tankeri bilan yuz bergan holatga öxşab ketadi. Öşanda tanker 2,1 million barrel eroniy neftni ortib Suriyaga ketayotgandi. Britaniya esa uni qölga tuşirib, Eron YEIning Suriyaga nisbatan sanktsiyalar qoidasiga amal qilmayotganida ayblagan.
Rasmiy Tehron yuklarni erkin harakatlaniş uçun qöyilişini talab qilgan, aks holda javob harakati bölişini aytib, tahdid qilgandi. Britaniyaning işiga qaroqçilik deya taʼrif berilgandi. Buyuk Britaniya Taşqi işlar vaziri Erondagi hamkasbi Javad Zarifga qönğiroq qilib, tanker Suriyaga yetkazilmasligi kafolatlansa, yuklar va jamoa qöyib yuborilişini aytgan.
Zarifning aytişiça, London zudlik bilan Eron Islom Respublikasiga qaraşli neft tankerini qöyib yuborişi kerak. Mamlakat Taşqi işlar vazirligi rasmiy axborotiga köra, Eron har qanday şaroitda neftni import qilişga intiladi. Gibraltar Boş vaziri Fabian Pikardo tankerni qölga oliş töğrisidagi qaror mahalliy parlament bilan kelişilgan holda, uçinçi davlat aralaşuvisiz amalga oşirilganini aytsa-da, Eron bu masalada AQŞning qöli borligini taxmin qiladi.
Bu qançalik haqiqatga yaqin, vaziyatga aniq baho beriş qiyin. Bizga maʼlum fakt şuki, Eron neft tankeri Britaniya tomonidan qölga olingani haqida birinçi xabarni AQŞ naşrlari tarqatdi. Vaşingtonning özi joriy yilning may va iyun oylarida Eron dengiz hududiga yaqin joylarda 6ta tankerga hujum bölganini bildirib, bulardan Tehronning qöli bor, deya ayblagan. Aslini olganda tankerlar iştirokida janjalning JCPOA'ga aloqasi bormi, bu masala juda çigal.
Fors körfazidagi tanglik

Gibraltardagi voqeadan söng, Britaniya Transport vazirligi mamlakat bayroği bilan harakatlanuvçi suv kemalarini ehtiyot bölişga çaqirgan. Ularning xavfsizligi uçun Duncan eskadrali mina taşuvçi (esminets) hamrohligi taşkil etilmoqda. Nafaqat ingliz, balki yapon dengizçilari ham huşyor tortdi: kunçiqar mamlakatga tegişli Atlantic Pioneer supertankeri Ras Tanura bandargohidan çiqişda, albatta, harbiy kemani şerik qilib oldi. Pacific Voyager esa Saudiya Arabistoni neftini Britaniya harbiy suv kemasi qorovulligida Hurmuzdan olib ötdi.
Ogohlik — davr talabi. Bu söz öz isbotini topdi: Eron tankerlardan birini qölga tuşirdi. Britaniyaga qaraşli emas, lekin noqonuniy million litr benzin taşib ketayotganda ayblangan Panama tankeri Vaşingtonga qaratilgan javob böldi. AQŞ ham qarzdor bölmay, darhol çora-tadbirlarni qabul qildi. Trampning aytişiça, AQŞ harbiy dengiz kuçlari desantura kemasiga juda yaqin uçgan Eron droni urib tuşirildi. Javad Zarif bu xabarni inkor etdi. Uning örinbosari Abbos Aroqçi AQŞ adaşib öz dronini urib tuşirgan bölişi mumkinligini kinoya bilan maʼlum qildi.
Endilikda Vaşington xursandçilik bilan Britaniyaga qaraşli tankerning Eron tomonidan qölga olingani qabul qilinmoqda. Ittifoqçilar körfazda tankerlar harakatlanişi sohil qorovul qismini taşkil etişdan taşqari, AQŞning Eronga qarşi sanktsiyalarini BMT minbarida qöllab-quvvatlaşi mumkin. Vaşington şulardan umidvor.

«Yevropaliklar JCPOA'ni saqlab qolişini aytmoqda, lekin biz amaliy harakatni körmayapmiz. Istak borligini aytiş bilan uni bajariş örtasida katta farq bor, axir», — deydi Taşqi işlar vaziri Zarif BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengaşida nutq sözlab.
Vaşington uçun kelişuvni har qanday yöllar bilan barbod etiş manfaatli, qolaversa, ittifoqçilar iştirokida Eronga qarşi harbiy koalitsiya tuzilsa, ayni kutilgan iş bölardi. Uruş xavfi paydo bölsa, Eron yolğizlanib qolişi tayin.
Hozirça Yevropa boşqaça fikrlaydi

Foto: EPA
Eron tomonidan kelişuv şartlariga rioya qilinmay, uranni boyitiş işlari jadallaştirilgani hozirça salbiy qabul qilinmayapti. Vaşington esa Tehronni kelişuvdan çetga çiqib, köproq xatoga yöl qöyişini kutmoqda.
AQŞ öz oldiga qöygan maqsadlariga yetişib qolganday körinadi. U ming bir xil usul bilan bölsa-da, ötgan asrning 80-yillarida kuzatilgan tankerlar uruşi kayfiyatini Hurmuz böğoziga qaytardi.









