Şuningdek, sobiq prezident qarorlari Eronning mintaqa böylab hujumlari kuçayişiga sabab bölgani taʼkidlangan.
Oq uy AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampni Eron yadro dasturi tezlaşişida aybladi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.
Jozef Bayden matbuot xizmati rahbari Jen Psakining sözlariga köra, Trampning köp tomonlama yadro kelişuvidan çiqib ketişi Tehronni majburiyatlardan ozod qilgan va AQŞni xalqaro maydonda yakkalanib qolişiga sabab bölgan.
“Biz hozir yana muzokaralar stolidamiz. Ammo sobiq administratsiyaning yadro kelişuvidan çiqib ketişi Eronning atom dasturi tezlaşişiga olib keldi. Hozirda Tehron bizning Fors körfazidagi hamkorlarimizga töğridan-töğri hujum qilmoqda, uning qöğirçoqlari AQŞ qöşinlariga zarar yetkazyapti.Vaşington esa xalqaro maydonda butunlay yakkalanib qoldi”, – degan u.
Maʼlumot örnida: Hozirda Venada Eron bilan yadro kelişuvi böyiça sakkizinçi raund muzokaralar bölib ötyapti. Tehron AQŞ bilan muloqotdan boş tortmoqda va Tramp davrida joriy qilgan sanktsiyalarni bekor qilişni talab qilyapti.









